Rossiyaliklar Zaporijjya viloyatining Orexov şahrida gumanitar yordam yetkazib beriş nuqtasini öqqa tutdi. Bu haqda Zaporijjya harbiy ma’muriyati raisi Aleksandr Starux Telegram’da ma’lum qildi.
«Maktab binosidagi gumanitar yordam beriş nuqtasiga töğridan töğri zarba beriş natijasida bir ijtimoiy xodim halok böldi, yana ikki ayol yaralandi», deb yozadi u.
Navbatlar yuzaga kelmagani va yaqin atrofda jihozlangan boşpanalarda yordam beriş işlari töğri yölga qöyilgani tufayli bundan ham köproq qurbonlar bölişining oldi olindi, deya qöşimça qildi u.
Bundan oldin Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) hududida 19 noyabr kuni keçqurun va 20 noyabr kuni ertalab portlaşlar eşitilgandi, natijada ZAES hududida ba’zi binolar, tizimlar va uskunalar şikastlangan. Bu haqda Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) ma’lum qildi.
Kuzatuvçilari stansiyada bölgan AEXAga köra, yetkazilgan zarar yadro xavfsizligi uçun jiddiy emas. «Keça va bugun ertalab bizning jamoamizdan kelgan xabar juda xavotirli. Yirik atom elektr stansiyasi joylaşgan hududda portlaşlar sodir böldi, bu mutlaqo qabul qilinişi mumkin emas. Buning ortida kim turgan bölsa, darhol töxtaşi kerak. Köp marta aytganimdek, sizlar olov bilan öynayapsizlar», — dedi AEXA boş direktori Rafael Grossi.
Agentlikning Zaporijjya AESdagi mutaxassislari ştabga xabar berişiça, 20 noyabr kuni ertalab qisqa vaqt içida öndan ortiq portlaş ovozlari eşitilgan, ularning ba’zilarini derazalardan körişgan. Aftidan, stansiyani öqqa tutiş qayta boşlangan, dedi AEXA.
Rossiya Mudofaa vazirligining ta’kidlaşiça, portlaşlar Dnipropetrovsk viloyati Marganets aholi punkti hududidan Ukraina Qurolli kuçlari stansiyaning öqqa tutişi natijasida sodir bölgan. «19 noyabr kuni Ukraina Qurolli kuçlari artilleriyasi AES hududini 11 ta yirik kalibrli artilleriya snaryadidan öqqa tutdi. 20 noyabr kuni ertalab Ukraina qöşinlari AES hududini ikki marta öqqa tutdi», — deyiladi xabarda.


















