Tomonlar Zaporijjya AES xavfsizligi va uning atrofida xavfsizlik zonasini taşkil etiş bilan boğliq vaziyatni muhokama qildilar, deb xabar berdi AEXA.
Bayonotda bir neça oydan beri öqqa tutilayotgan ZAES atrofida zudlik bilan yadroviy xavfsizlik zonasini yaratiş zarurligi qayd etilgan.
Tomonlar Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi muammosi böyiça hamkorlik va muloqotni davom ettirişga kelişib oldilar, deb xabar berdi «Rosatom».
Bundan oldin Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi Rossiya nazorati ostidagi Zaporijjya atom elektr stansiyasida «yadro reaktorlari yaqinida xavfli darajada röy bergan» portlaşlarni öta xavfli deb atagandi.
Grossining sözlariga köra, «gap kilometrlar haqida emas, balki metrlar haqida ketayotgani» nihoyatda xavotirli.
«Uşbu yirik AES hududida portlaşlar sodir böldi, buni mutlaqo qabul qilib bölmaydi. Buning ortida kim turganidan qat’i nazar, zudlik bilan töxtatiş kerak. Köp marta aytganimdek, ular olov bilan öynaşmoqda», - dedi Grossi.
AEXA hisobotida aytilişiça, duşanba kuni agentlik xodimlari atom elektr stansiyasining xavfsizligini tekşiradi. Biroq, «Rosenergoatom» inspektorlarga çeklovlar qöygan.
«Agar ular yadroviy xavfsizlikka heç qanday aloqasi bölmagan obektni tekşirişni istasalar, ularga rad javobi beriladi», dedi «Rosenergoatom» rahbari maslahatçisi Renat Karçaa TASS’ga.
Bundan oldin Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) hududida 19 noyabr kuni keçqurun va 20 noyabr kuni ertalab portlaşlar eşitilgandi, natijada ZAES hududida ba’zi binolar, tizimlar va uskunalar şikastlangan. Bu haqda Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik ma’lum qildi.
Kuzatuvçilari stansiyada bölgan AEXAga köra, yetkazilgan zarar yadro xavfsizligi uçun jiddiy emas. Agentlikning Zaporijjya AESdagi mutaxassislari ştabga xabar berişiça, 20 noyabr kuni ertalab qisqa vaqt içida öndan ortiq portlaş ovozlari eşitilgan, ularning ba’zilarini derazalardan körişgan. Aftidan, stansiyani öqqa tutiş qayta boşlangan, dedi AEXA.


















