Rossiyada ötkazilgan 2018 yilgi jahon çempionatining oçiliş öyinida Saudiya Arabistoni milliy jamoasi mezbonlarga 0:5 hisobida yutqazdi. Oradan 4 yildan köproq vaqt ötgaç, Qatardagi jahon çempionatida saudiyaliklar musobaqaning favoritlaridan biri sifatida sanalayotgan Argentinani 2:1 hisobida mağlub etişdi. Endi uşbu ğalaba Messi va uning şeriklariga qimmatga tuşişi mumkin.
Mutaxassislar Saudiyaning uşbu yutuğini boş murabbiy Erve Renar işi bilan boğlamoqda. 2019 yilda jamoani qölga olgan 54 yoşli fransuz hayratlanarli tarzda iş olib bordi. Saralaş bosqiçidan işonçli tarzda ötib, jahon çempionatini şov-şuvli natija bilan boşladi.
Erve Renar özi kim, qayerda öynagan, qayerlarda işlagan, qanday natijalarga erişgan. U haqdagi faktlar bilan maqolamizda örtoqlaşamiz.

Farroşlikdan murabbiylikkaça
Erve Renar 1968 yilda Fransiyada tuğilgan. Futbolçilik faoliyatida himoyaçi bölgan va asosan mamlakatning quyi ligalarida iştirok etuvçi «Kann», «Stad de Valyuri» va «Draginyan» klublarida öynagan. Heç qanday yutuqlarga erişmagan.
1999 yilda futbolçilik faoliyatini yakunlab, «Draginyan» klubida boş murabbiy bölib qolgan. Şu bilan birga, futboldan taşqarida ham pul topişga harakat qilgan, masalan, oddiy farroş bölib. Renar gilam tozalagan, derazalarni yuvgan va uylarni çiqindilardan tozalagan. Keyinçalik bu işini biznesga aylantirib, klining (tozalaş) kompaniyasini oçgan.
«Men bu işimdan uyalmayman», deydi Renar. «Futbolçi bölişdan köra bu ança oğirroq edi. Men kuniga tört-beş soat uxlardim, ba’zan tuşlikdan keyin biroz mizğib olardim. Şunday ritmda 8 yil yaşadim».
Renarning taqdirini özgartirgan voqea 2001 yilda yuz berdi. Maşhur fransiyalik murabbiy Klod LeRua uni Xitoyga, «Guyçjou Jenxe» klubiga yordamçi murabbiy sifatida işga çorladi. Şundan söng, u bir neça yillar davomida Klod LeRua assistenti bölib işlagan.
Renarning murabbiylik faoliyatida Angliyaning «Kembrij Yunayted», Fransiyaning «Şerbur», «Lill», «Soşo», Jazoirning USM klublari bor. Biroq, ularning heç birida yutuqlarga erişa olmagan. Uning futboldagi muvaffaqiyatlari faqat milliy jamoalar bilan boğliq.
Milliy jamoalarda muvaffaqiyat qozonişi























