Hindistonning Skyroot Aerospace kosmik startapi tomonidan işlab çiqilgan 545 kg vaznga ega raketa Hindiston kosmik tadqiqotlar taşkilotining (ISRO) Şrixarikota orolidagi kosmodromidan uçirildi va maksimal 89,5 km balandlikka kötarildi.
Kompaniya-işlab çiqaruvçi ma’lumotiga köra, raketa tovuş tezligidan beş barobar köp bölgan Max 5 tezlikka ega va 83 kg vaznli foydali yukni 100 km balandlikka yetkaza oladi.
Skyroot Aerospace kelasi yili Vikram-S raketasi bilan sun’iy yöldoşlarni orbitaga yetkazişni rejalaştirmoqda.
Raketa Hindiston kosmik dasturining otasi hisoblangan fizik va astronom olim Vikram Sarabxay şarafiga nomlangan.
Hindiston hukumati arzon parvozlari va missiyalari bilan maşhur bölgan davlat kosmik dasturini töldiriş uçun xususiy kosmik sanoatni rivojlantirişga intilmoqda.
2022 yil noyabr holatiga köra Skyroot Aerospace qariyb 64,5 mln dollar sarmoya töpladi va 200 ga yaqin kişini iş bilan ta’minladi. Kompaniyaning ta’kidlaşiça, birinçi parvozni ta’minlaş uçun 100 ga yaqin xodim jalb qilingan.

















