Unda Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari rahbarlari, Yaşnobod, Bektemir, Çilonzor, Mirzo Uluğbek, Şayxontohur va Yunusobod tumanlari hokimlari, ular örinbosarlari va boşqa mas’ullar iştirok etdi.

Uçraşuv davomida Toşkent şahar tumanlariga biriktirilgan mas’ul rahbarlar hisobotlari tinglandi. Sanoat va xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb qilişni kengaytiriş, eksport salohiyatini oşiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş, mahalliy budjetlar daromad manbalarini kengaytiriş, jamoat transporti va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş, soğliqni saqlaş, ta’lim va madaniyat sohasidagi xizmatlar sifatini oşiriş, «temir», «ayollar» va «yoşlar» daftarlari»ga kiritilganlarni işga joylaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş vazifasi qöyildi.

Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligida boş ştabni taşkil etiş böyiça topşiriq berildi. Tuman hokimliklarida tezkor ştablar taşkil etilib, ularga tuman hokimlari rahbarlik qiladi. Ular vazifalari sirasiga vaziyatni örganiş va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni jadallaştiriş böyiça tizimli takliflarni işlab çiqiş kiradi.

Yiğiliş yakunlari böyiça tegişli bayonnoma qabul qilindi, uning ijrosini nazorat qiliş Boş prokuratura tomonidan olib boriladi.