Bugun, 23 noyabr kuni tunda Zaporijjya viloyatining Volnyansk şahrida Rossiya qöşinlari, mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, şifoxonaning tuğuruq bölimiga qarata öq uzgan. 

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma’lumotlariga köra, otişma vaqtida bölimda bir ayol va yangi tuğilgan çaqaloq bölgan. Bola vafot etgan. 

«Qalbimizni qayğu qamrab oldi – endigina dunyoga kelgan çaqaloq halok böldi», deb yozdi viloyat harbiy ma’muriyati boşliği Aleksandr Starux özining Telegram-kanalida. 

Bundan oldin rossiyaliklar Zaporijjya viloyatining Orexov şahrida gumanitar yordam yetkazib beriş nuqtasini öqqa tutgandi. Bu haqda Zaporijjya harbiy ma’muriyati raisi Aleksandr Starux Telegram’da ma’lum qildi. 

«Maktab binosidagi gumanitar yordam beriş nuqtasiga töğridan töğri zarba beriş natijasida bir ijtimoiy xodim halok böldi, yana ikki ayol yaralandi», deb yozadi u. 

Navbatlar yuzaga kelmagani va yaqin atrofda jihozlangan boşpanalarda yordam beriş işlari töğri yölga qöyilgani tufayli bundan ham köproq qurbonlar bölişining oldi olindi, deya qöşimça qildi u.