Embrionlar 1992 yil 22 apreldan beri suyuq azotda, -128C haroratda saqlangan va öz hayotiyligini yöqotmagan. 

Şundan söng ular eritilib, bölajak onasi Reyçel Rijueyga köçirib ötkazilgan. 31 oktyabr kuni egizaklar dunyoga keldi. «Aqldan oziş mumkin», deydi baxtli ota Filip Rijuey. 

Donorlik embrionlari milliy markazi (NEDC) xususiy taşkilotiga köra, Lidiya-Enn va Timoti-Ronald Rijuey endi yangi rekord sohiblari sanaladi. Oldingi rekord Molli Gibsonga tegişli bölib, u 2020 yilda 27 yil davomida muzlatib qöyilgan embriondan tuğilgan edi. Milliy markaz şu paytgaça embrionlardan 1200 dan ortiq çaqaloqni dunyoga keltirişda yordam berganini da’vo qiladi. 

«Uşbu embrionlarni farzand qilib oliş töğrisidagi qaror, 5, 10 yoki 20 yil oldin muzlatilgan embrionlarni qabul qilişga şubhalanayotgan odamlarga işonç baxş etişi kerak», deydi markaz doktori Jon Devid Gordon. «Va bu savolga qat’iy «Ha!» deb javob beriş lozim». 

Egizak embrionlar 1990-yillarning boşida turmuş qurgan juftlik uçun sun’iy uruğlantiriş yöli bilan yaratilgan. 2007 yilgaça embrionlar NEDC laboratoriyasida saqlangan. Şundan söng er-xotin ularni boşqa birov foydalanişi uçun berişga rozi bölişgan.  

NEDC soğlom bolalar tuğilgani haqidagi xabar boşqa ehtimoliy ota-onalarni embriondan tuğilgan bolalarni asrab oliş baxtini his qilişga undaşiga umid qilmoqda. 

Egizaklar tuğilganda, Rijueylar oilasida bir yoşdan sakkiz yoşgaça bölgan törtta farzand bor edi va ularning barçasi tabiiy ravişda, donorlarsiz yoki sun’iy uruğlantirişsiz tuğilgan. 

NEDC ma’lumotlariga köra, muzlatilgan embrionlarni saqlaş uçun vaqt çegarasi yöq. Ammo 100 yil oldin muzlatilgan embrionlardan bir kun kelib bolalar tuğilişi ehtimoli unçalik katta emas, çunki bu texnologiya nisbatan yaqinda paydo bölgan. Muzlatilgan embriondan birinçi bola 1984 yilda tuğilgan, bu Avstraliyada sodir bölgan edi.