Uçraşuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Özbekiston JSTga a’zo böliş jarayonini qöllab-quvvatlaş böyiça kelgusidagi özaro hamkorlik amaliy jihatlari, GSP+ preferensiyalari kengaytirilgan tizimi doirasidagi munosabatlarni mustahkamlaş, joriy yil 30 noyabr kuni Toşkent şahrida bölib ötadigan Savdo va sanoat böyiça Özbekiston-Britaniya kengaşi navbatdagi 26-yiğilişini ötkaziş taşkiliy masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat işbilarmon doiralari kengaşda iştirok etişga qiziqişi ortib borayotganini qayd etdi. Bugunga qadar turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 200 ga yaqin yetakçi kompaniyalar tadbirda iştirok etiş uçun röyxatdan ötgan.
Xorij tomoni Özbekiston JSTga a’zo böliş jarayoni doirasida mamlakatga konsalting va texnik yordam körsatiş orqali qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga tayyorligini bildirdi.

















