Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Ukraina energiya tarmoqlariga zarba berişini insoniyatga qarşi jinoyat deb atadi. 23 noyabr, çorşanba oqşomida BMT Xavfsizlik kengaşining navbatdan taşqari yiğilişi iştirokçilariga videomurojaati çoğida u: «harorat noldan past bölib, millionlab odamlar energiya ta’minotidan mahrum bölganida, bu insoniyatga qarşi oçiq jinoyatdir», dedi.
Avvalroq Zelenskiy Moskvani Ukraina tomonidan amalga oşirilgan navbatdagi yirik raketa hujumi munosabati bilan terror va qotillikda ayblab, Ukrainaning BMTdagi elçisiga jahon taşkiloti Xavfsizlik kengaşining navbatdan taşqari yiğilişini ötkazişni söraşni topşirgandi. «Tinç aholining öldirilişi, fuqarolik infratuzilmasining vayron bölişi - bular teraktlar. Jahon hamjamiyati bunga qat’iy javob berişi kerak», - deya ta’kidladi u.
Rossiya BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a’zosi sifatida veto qöyiş huquqiga ega va jahon taşkiloti boşqaruv organining Ukraina bilan uruş böyiça har qanday rezolyutsiyasini bloklaşi mumkin. Zelenskiy Xavfsizlik kengaşini «xalqaro terrorçi (davlat)ning özini garovga olişiga» yöl qöymaslikka çaqirdi.
Öz navbatida, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Ukrainadagi infratuzilma obektlariga zarba berişni «bu davlatni Ğarb qurollari bilan ta’minlangani va Kiyevning Rossiya ustidan harbiy ğalaba qozoniş haqidagi öylanmagan çaqiriqlariga» javob deb atadi. Nebenzyaning aytişiça, Kiyev «realistik pozitsiya»ni egallab, muzokaralar stoliga qaytmagunça, Rossiya kuçlari zarba berişda davom etadi. Şu bilan birga, doimiy vakil fuqarolik infratuzilmasiga berilgan zarbalar Ukraina Qurolli kuçlarining jangovar qobiliyatiga qanday ta’sir qilişiga aniqlik kiritmadi.
Rossiya oktabr oyi boşidan beri Ukrainaning energetika infratuzilmasiga kuçli zarbalar bermoqda. Oxirgi bunday hujum 23 noyabr kuni sodir böldi. Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiya 67 ta raketa uçirdi, buning natijasida Kiyev, Odessa va Çernigov viloyatlari quvvatsizlangan. Barça atom elektr stansiyalari va aksariyat GESlar vaqtinçalik öçirilgan. Ukrainaning köplab hududlarida suv ta’minoti va isitiş bilan boğliq jiddiy muammolar mavjud.


















