Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirov Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgarişlar haqida ma’lumot berdi.

«Konstitutsiyaning 76 ta moddasiga özgartiş va qöşimçalar bilan birga, 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob kiritilmoqda. Loyihada fuqarolar tomonidan taqdim qilingan 160 mingga yaqin takliflardan ham keng foydalanilgan.

«Milliy tiklaniş» va ÖzLiDeP partiya fraksiyalari qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisi muhokamasiga kiritiş taşabbusini qöllab-quvvatladilar», – deb yozdi deputat öz Telegram-kanalida.

Kun.uz manbalariga köra, Konstitutsiya loyihasi muhokama qilinadigan yalpi majlis bugun ötkazilişi kutilmoqda.