Rossiyaning Ukraina bilan çegaradoş hududlarida qurol-yaroğ, öq-dorilar, portlovçi moddalar, portlovçi qurilmalardan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar soni yil davomida sezilarli darajada oşdi. Eng katta ösiş Kursk va Belgorod viloyatlarida qayd etildi – mos ravişda 675 va 213 foizga, deb yozadi RBK 23 noyabr, çorşanba kuni IIV statistikasiga tayanib.
Çegara hududlardan taşqari, bunday jinoyatlar soni Moskvada ikki baravar, Pskov viloyatida esa bir yarimga oşdi. Umuman, mamlakatda joriy yilning ön oyida qurol qöllaş bilan sodir etilgan jinoyatlar ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb 30 foizga oşgan – 5 mingtagaça.
Portlovçi moddalar va portlatiş moslamalarini qöllaş orqali sodir etilgan jinoyatlar soni (283 ta) oxirgi olti yil içida eng yuqori körsatkiçga yetdi. Şu bilan birga, noqonuniy qurol savdosi bilan boğliq aniqlangan jinoyatlar soni ötgan yilga nisbatan 7,3 foizga kamaydi (19,2 ming holat), deb yozadi RBK.
Umuman, mamlakatda joriy yilning 10 oyi yakunlari böyiça ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,7 foizga (1677,1 ming) kamroq jinoyat qayd etilgan. Röyxatga olingan jinoyatlarning ösişi Rossiya Federatsiyasining - 29 ta sub’yektida, kamayişi - 56 ta mintaqada kuzatilgan.
Uyuşgan guruhlar yoki jinoiy jamoalar tomonidan sodir etilgan oğir va öta oğir jinoyatlar soni sezilarli darajada oşdi – 21,5 foizga (23,5 ming). Ekstremistik jinoyatlar soni ham 36 foizga oşib, 1247 taga yetdi.
Ön oy davomida ekstremistik faoliyatga çaqiriş bilan boğliq 440 ta jinoyat (Jinoyat kodeksining 280-moddasi) qayd etilgan bölib, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 5 foizga köpdir.

















