Rossiya harbiylari Zaporijjya oblastidagi Volnyansk şahrini öqqa tutişdi. Raketalardan biri şifoxonaning tuğuruq bölimiga kelib urilgan, yangi tuğilgan çaqaloq nobud bölgan. Bundan taşqari, Rossiya Ukraina böylab navbatdagi raketa zarbalari yölladi, mamlakat böylab jami ön kişi halok böldi, şuningdek IES va GESlarning katta qismi faoliyati töxtab qoldi — ukrainlarning köpçilik qismi elektr energiyasidan uzilgan, xususan, Kiyevning 70 foizida elektr yöq. Yevroparlament Rossiyani «terrorizm homiysi bölgan davlat» sifatida tan oldi. Quyida 23 noyabr, uruşning 273-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kunning asosiy voqeasi

23 noyabr kuni Rossiya qöşini Ukrainaning qator regionlari böylab yoppasiga raketa zarbalari yölladi. Prezident Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiya 67 raketa uçirgan, natijada Kiyev, Odessa va Çernihiv oblastlari toksiz qolgan. Ukraina politsiyasi ma’lumotiga köra, raketa zarbalari tufayli butun mamlakat böylab ön kişi halok böldi. Raketa zarbalari tufayli Kiyevda içimlik suvi ta’minoti töxtadi. Bundan taşqari, şahar meri Vitaliy Kliçkoning sözlariga köra, poytaxtda «infratuzilma obekti» şikastlangan, aynan qaysi ekaniga aniqlik kiritilmagan. Şuningdek, guvohlarning videolariga köra, bir neça avtomobil yonib ketgan. 24 noyabr tongidagi holatga köra, Kiyevning 70 foizida elektr yöq. Kliçkoning sözlariga köra, şaharda uç kişi halok bölgan, ulardan biri 17 yoşli qiz bölgan. Yana 11 kişi tan jarohati olgan. 

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyev oblastida raketalar turar joy binosiga kelib urilgan. Bu kadr poytaxtdan 20 kilometr masofadagi Vişgorodda olingan.
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA