Namoyişçilarning köplab videolari internetda paydo böldi, unda yuzlab işçilar maxsus politsiya qismlari va xizmat formasini kiygan odamlar bilan töqnaş kelganini köriş mumkin.
Işçilar noroziligiga iPhone işlab çiqariş böyiça dunyoning eng yirik zavodi rahbariyati işçilarni xabardor qilmasdan, şartnomalarni özgartirgani sabab bölgani aytilmoqda.
Foxconn öz bayonotida ba’zi işçilarning mehnat haqi böyiça şubhalari borligini tasdiqladi, ammo ularga mehnat şartnomalariga muvofiq iş haqi tölanişini va’da qildi. Şuningdek, kompaniya yangi kelgan xodimlarni kovid bilan kasallangan işçilar bilan bir xonaga joylaştirgani haqidagi ayblovlarni inkor qildi. Foxconn xabariga köra, yangi işçilarni joylaştirişdan oldin xonalar mahalliy hokimiyat tomonidan dezinfeksiya qilingan va tekşirilgan.

Oktyabr oyida kovid infeksiyasi holatlari köpaygani sababli, zavodda lokdaun joriy etilgan, ammo köplab işçilar çeklovni buzib, uylariga qoçib ketişgandi. Şundan söng kompaniya yangi xodimlarni işga oldi va ularga katta mukofotlar va’da qildi.
Biroq, xodimlar bu va’dalar bajarilmaganini aytmoqda. Jumladan, zavoddan olingan videolarda ba’zi işçilar «Huquqlarimizni himoya qiling!» deb hayqirayotgani, boşqalar esa xavfsizlik kameralari va derazalarni tayoq bilan sindirayotganini köriş mumkin.
«Ular va’da qilingan mukofotni bermaslik uçun şartnomalarni özgartirişdi. Bizni karantinda uşlab turişyapti, lekin oziq-ovqat bilan ta’minlaşmayapti», dedi işçilardan biri jonli efirda. «Agar ular bizning talabimizni qondirmasa, kuraşni davom ettiramiz».
Lavhada sözlagan odam politsiya tomonidan bir xodimning qattiq kaltaklanganini körganini ta’kidlagan.
Boşqa bir xodimning aytişiça, yangi kelgan işçilarning ba’zilari kovid infeksiyasi tarqalgan paytda zavodda bölgan va karantinga olingan odamlardan kasallik yuqişidan qörqmoqda.
Çorşanba kuni ertalab korxonaga politsiya qismlari yetib kelgan. Buni internetda joylaştirilgan video ham tasdiqlaydi, unda köplab qurollangan politsiyaçilar körinadi.
Yana bir işçining aytişiça, u boşi bilan qonga belangan odam yerda yotganini körgan. «Odamlar nima uçun norozilik bildirayotganini aniq bilmayman, lekin ular biz yangi kelganlarni kovid bilan kasallangan işçilar bilan qöşib yuborişdi», dedi u.


















