Britaniya vazirligi bayonotiga köra, u Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uçraşadi. 

Buyuk Britaniya Ukrainaga öta muhim bölgan infratuzilmani tiklaş uçun 3 million funt (3,5 million yevro) va Qora dengiz don taşabbusiga, eng qaşşoq mamlakatlar uçun don sotib olişga 5 million (5,8 million yevro) funt ajratişga tayyor. 

Kleverli Rossiyani tinç aholiga, şifoxonalarga va energetika infratuzilmasiga «şafqatsiz hujumlari» uçun keskin qoralab çiqişi kutilmoqda.

Bundan oldin Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak Kiyevda prezident Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvda Ukrainaga mudofaa uçun 50 mln funt sterling ajratilişini ma’lum qilgandi. Bu Sunakning Ukraina poytaxtiga boş vazir sifatidagi ilk taşrifi böldi.

Yordam paketi rossiyaliklarning havo hujumlariga qarşi turiş uçun közda tutilgan.

Harbiy yordam Ukraina şaharlariga hujum qilayotgan Eron dronlariga qarşi kuraşiş uçun 125 ta zenit qurilmalari va texnologiyalarini, jumladan önlab radarlar va dronlarga qarşi turiş uçun radioelektron kuraş vositalarini öz içiga oladi.