Davlat bojxona qömitasi va Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar bilan hamkorlikda yirik miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyilgan. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Buxoro şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan şaxs yuk avtotransport vositasiga ortilgan pirotexnika vositalarini 83 ming AQŞ dollariga sotişga kelişib, şundan 50 ming AQŞ dollarini qabul qilib olayotgan vaqtida qölga olingan. Pirotexnika vositalari 19 turdagi 7 016 dona salyutdan iborat ekanligi hamda u şahardagi ov qurollarini sotiş uçun möljallangan savdo dökonidan yuk avtotransport vositasiga ortilganligi aniqlangan.
“Mazkur salyutlar xavflilikning II klassiga tegişli bölib, 2021 yilning 2 dekabridan e’tiboran jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasi hududiga olib kirilişi, realizatsiya qilinişi va foydalanilişi taqiqlanadi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra uşbu holatda olib qöyilgan pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd sömni taşkil qilmoqda”, — deyiladi qömita xabarida.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

















