Joriy yilning 24 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida ötkazilgan navbatdagi yiğilişda elektromobillar tarmoğini rivojlantirişga oid bir qança takliflar muhokama qilindi.

Mutasaddilar tarmoqda işlab çiqarişni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş zarurligi haqida fikr bildirdi. Jumladan, respublikada işlab çiqarilgan elektromobillarni utilizatsiya yiğimidan, ularning butlovçi va ehtiyot qismlari, jihozlari, xomaşyo materiallarini bojxona bojidan ozod etiş möljallanmoqda. Şuningdek, işlab çiqariş jarayoni töliq yölga qöyilgunça investorlarga muayyan miqdordagi elektromobillarni imtiyozli şartlar asosida olib kirişga ruxsat beriş taklif etilmoqda.

Özbekistonda işlab çiqarilgan elektromobillarini sotib oliş uçun olinadigan kredit foizlarining ma’lum bir qismi davlat tomonidan qoplab berilişi közda tutilmoqda. 2023–2025 yillarda davlat boşqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar va davlat uluşi 50 foizdan köp bölgan korxonalarning elektromobillar xarid qilişi ham qöllab-quvvatlanadi. Elektromobillarda yölovçi taşiş xizmati körsatuvçi şaxslarga litsenziya uçun davlat boji tölaşda yengillik beriladi. 

Özbekistonda elektromobil işlab çiqariş uçun kerakli xomaşyolardan biri bölgan mis klasterlari taşkil etilayotgani qayd etildi. Bundan foydalanib, uşbu klasterlarda elektromobillar va quvvatlaş stansiyalari uçun butlovçi qismlar tayyorlanadi.

Kadrlar tayyorlaş doirasida Turin politexnika universiteti huzurida Elektromobillar va ularning infratuzilmasi böyiça ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi taşkil etiş, professor-öqituvçilar va mutaxassislarni rivojlangan davlatlarga malaka oşirişga yuboriş rejalaştirilmoqda.

Yiğilişda mutasaddilar uşbu çora-tadbirlar natijasida respublikada yiliga 15–25 mingta elektromobil işlab çiqarişni yölga qöyiş mumkinligini qayd etişdi.

Texnik jihatdan tartibga soliş agentligiga elektromobillar va ularning butlovçi qismlarini işlab çiqariş böyiça xalqaro standartlarni joriy etiş vazifasi qöyildi.

Ma’lumot uçun, hozirda Özbekistonga elektromobil import qilişda QQS, utilizatsiya va bojxona yiğimi undiriladi.

Bunda:

  • QQS avtomobilning bojxona qiymatidan 15 foiz;
  • utilizatsiya yiğimi – agar elektromobilning işlab çiqarilgan muddati 3 yildan oşmagan bölsa, BHMning 30 barobari (9 mln söm); 3 yildan oşgan bölsa, BHMning 90 barobari (