2022-2025 yillarda Özbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlaş tizimini rivojlantiriş strategiyasini 2023 yilda amalga oşiriş böyiça “yöl xaritasi” e’lon qilindi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlaş böyiça vakolatli davlat organlari xodimlari ijtimoiy-huquqiy himoyasiga doir imtiyozlardan foydalanişida inson omilini çeklaydigan avtomatlaştirilgan tizimni joriy qiliş rejalaştirilmoqda.
Bunda:
- Koreya Respublikasi tajribasini (Koreya milliy politsiya universiteti Ye-saram davlat elektron platformasi) örgangan holda, xodimlar va ular oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qiliş kafolatlaridan foydalanişi böyiça E-jamoat xavfsizligi axborot tizimi “Ijtimoiy-huquqiy himoya” modulini yaratiş;
- ijtimoiy-huquqiy himoya qiliş kafolatlaridan foydalaniş borasidagi barça xizmatlarni “yagona darça” tamoyili asosida E-jamoat xavfsizligi axborot tizimi “Ijtimoiy-huquqiy himoya” moduli orqali amalga oşiriş;
- xodimlarga foydalanilmagan ta’tillar, olinmagan xizmat kiyimlari uçun pul kompensatsiyasi tölaş, xodimlar hayotini uzoq muddatli suğurtalaşiga doir soliq imtiyozidan foydalanişi tartibi nazarda tutiladi.
Hududiy içki işlar organlari ma’muriy binolarini qöriqlaşni Milliy gvardiya qöriqlaş xizmati tomonidan şartnoma asosida amalga oşirilişi tizimini joriy etiş ham möljallanmoqda.
















