Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi xabariga köra, Jalolobodda Qirğiziston va Özbekiston fuqarolaridan iborat xalqaro narkoguruh a’zolari qölga olingan.
«Töqtöğul boği yaqinida Andijon viloyatida yaşovçi 34 yoşli X.Ş.Ş vazni 2 kg 300 g bölgan çarras olayotgan vaqtida jinoyat ustida uşlandi. Fuqaro Jalolobod viloyatining Orol qişloğida yaşovçi, Qirğiziston fuqarosi bölgan ayol P.O.A orqali Özbekistonga giyohvandlik moddalarini olib kirişni rejalaştirgan», — deyiladi xabarda.
Şeriklar avtovokzal yaqinida uşlanib, Milliy xavfsizlik davlat qömitasining Jalolobod viloyati boşqarmasi tergov bölimiga olib borilgan va tergov izolyatoriga joylaştirilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

















