“Toşkent şahar Yangihayot tumani, Yöldoş mavzesida joylaşgan avariya holatidagi va ma’nan eskirgan köp kvartirali uylarni renovatsiya qiliş orqali aholi yaşaş şaroitlarini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Tashkent city xalqaro işbilarmonlik markazi obektlarini quriş va saqlaş direksiyasi buyurtmasi asosida Kensel Yenileme Merkeze (KEYM) loyiha taşkiloti tomonidan Yangihayot tumani boş rejasi loyiha konsepsiyasi işlab çiqilgan;

Yangihayot tumani, Yöldoş mavzesida joylaşgan eskirgan yoki yaroqsiz köp kvartirali uy-joy fondi xatlovdan ötkazilgan hamda instrumental örganişlar natijasiga köra 4283 ta xonadonli 406 ta uy avariya holatida deb topilgan, mazkur uy-joylarda yaşovçi fuqarolar tomonidan uy-joy şaroitini yaxşilaş uçun yangi uy-joy qurib beriş töğrisida Toşkent şahar hokimligiga köplab murojaatlar kelib tuşgan.

“Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida”gi qonuni 7-moddasida köp kvartirali uy-joyga tutaş yer uçastkasi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan köp kvartirali uydagi uy-joy mulkdorlariga doimiy foydalaniş huquqi asosida ajratilişi belgilangan.

Prezidentning “Köp kvartirali uylarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş va boşqaruvçi taşkilotlarni moliyaviy soğlomlaştiriş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Quriliş vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda 2024 yil 1 yanvarga qadar öz hududlaridagi köp kvartirali uylar joylaşgan va ularga tutaş yer uçastkalarini umumiy foydalaniş uçun (notijorat maqsadlarda) köp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlariga doimiy foydalaniş huquqi asosida beriş yuzasidan qarorlar qabul qilişi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik şaxslar mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlaş hamda yer uçastkalarini olib qöyiş va kompensatsiya beriş tartibini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida köp kvartirali uy egallab turgan yer uçastkasi olib qöyilgan taqdirda – tomonlar kelişuviga köra mulkdorga öşa yoki boşqa tumanda (şaharda) joylaşgan maydon avvalgi kvartira maydonidan kiçik bölmagan kvartira mulk qilib berilişi, bunda mulkdorga uşbu kvartira topşirilgunga qadar u va uning oila a’zolariga talabgor tadbirkorlik sub’yektlari hisobidan vaqtinçalik ijaraga turar joy berilişi belgilangan.

Prezidentning “Yer munosabatlarida tenglik va şaffoflikni ta’minlaş, yerga bölgan huquqlarni işonçli himoya qiliş va ularni bozor aktiviga aylantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida davlat taşkilotlariga yer uçastkalari jamoat ehtiyojlari uçun Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari qarori bilan doimiy foydalaniş huquqi bilan ajratilişi, qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinişi belgilangan.