Uçraşuvda agrar sohadagi Özbekiston-Polşa aloqalari hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Elçi özaro tovar ayirboşlaş yillik ösişi 25-30 million dollarni taşkil etişini, Özbekistonning Polşaga eksporti har yili qişloq xöjaligi mahsulotlari va boşqa yönalişlarni hisobga olgan holda 15-18 million dollarga oşayotganini ta’kidladi.
Polşa Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida Özbekiston mahsulotlari eng yirik importçisi bölib, 2022 yil oxiriga kelib bu körsatkiç 130 million dollargaça ösişi kutilmoqda, umumiy tovar aylanmasi esa ilk bor 300 million dollardan oşadi.
Rafal Romanovskiy yaqin ikki tomonlama hamkorlik aniq natijalarini, pandemiya va transport-logistika zanjirlarining uzilişi bilan boğliq muammolarga qaramay, 2021 yilda qariyb 30 million yevroni taşkil etgan qişloq xöjaligi mahsulotlari ikki tomonlama aylanmasi körsatkiçlarini yuqori baholadi. Uning aytişiça, Polşa tomoni kelgusida Özbekistondan meva-sabzavot importini sezilarli darajada oşirişga tayyor.
Polşa Qişloq xöjaligi va qişloqni rivojlantiriş vazirligi davlat kotibi Polşa tomoni qişloq xöjaligi sohasi mamlakat iqtisodiyoti eng muhim tarmoği ekanini hisobga olgan holda yuqori innovatsion texnologiyalarni joriy etiş böyiça tajribasini bölişişga tayyor ekanini bildirdi.

















