Qozoğistonlik şifokorlar ijtimoiy tarmoqlarda ğalati holatga e’tibor qaratişdi – Qozoğistonda bir oydan ortiq vaqt davomida Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining rasmiy saytiga kiriş imkoni bölmayapti. Qozoğiston ommaviy axborot vositalarining 25 noyabr, juma kuni xabar berişiça, Olmaota viloyati Talgar tuman sudi qarori bilan JSST sayti bloklangan. Bundan taşqari, sud qarori 2022 yil 15 oktyabrda qonuniy kuçga kirgan.

Sud qaroriga Olmaota viloyati Talgar tumani prokurori nomidan «xorijiy ommaviy axborot vositalarida joylaştirilgan mahsulotlarni» noqonuniy deb e’lon qiliş va Qozoğiston Respublikasi hududida uning tarqatilişini töxtatib turiş talabi bölgan «davlat manfaatlari yölidagi» arizasi sabab bölgan. Prokuratura ma’lumotlariga köra, noqonuniy «mahsulotlar» öz joniga qasd qiliş usullari va tavsiyalari haqidagi ma’lumotlar bölib, ular internetdagi bir qança manbalarda, jumladan, JSST rasmiy saytining bölimlaridan birida joylaştirilgan.

Olmaota viloyati Talgar tumani sudi matbuot xizmati xabariga köra, prokuratura tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar töliq tasdiqlangan. «Fuqarolar, jumladan, foydalanuvçilari voyaga yetmagan bolalar va yoşlar bölgan internet tarmoğidan hamma foydalanişi mumkinligi hisobga olinsa, bu ma’lumotlar noqulay ijtimoiy vaziyatni şakllantirişda xavflidir», — deyiladi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan matbuot xizmati xabarida. Şuning uçun prokurorning arizasi «qondirilgan».

Şu bilan birga, JSSTning rasmiy veb-saytiga VPN tarmoqlari yordamida osongina kiriş mumkin. Ammo, Olmaota viloyati Talgar tumani prokurorining ğazabiga sabab bölgan sahifa hozirda yöq. Ta’kidlanişiça, 2020 yilda veb-kontent yangi platformaga köçirilganligi sababli, eski kontent oçilmayotgan bölişi mumkin.

Qozoğiston Soğliqni saqlaş vazirligining Xalqaro hamkorlik departamenti JSST rasmiy veb-sayti bloklanganidan xabardor ekanliklarini va hozirda «tegişli davlat idoralari va tuzilmalari bilan iş olib borayotganini» ma’lum qildi.