Belarusning «Belta» davlat agentligi mamlakat taşqi işlar vaziri Vladimir Makey tösatdan vafot etgani haqida xabar berdi.

«Belta» Belarus TIV matbuot xizmati rahbari Anatoliy Glazaga asoslanib xabar tarqatgan. RIA Novosti ham Makeyning ölimi haqidagi ma’lumotni Glaza orqali tasdiqlagan.

«Bir neça soat oldin nogahon vafot etdi. Heç narsani oldindan aytib bölmaydi. Keçagina yangi hafta uçun rejalarni muhokama qilgandik. Barçamiz uçun katta yöqotiş böldi», deya uning sözlarini keltirgan agentlik.

Ölim sabablari keltirilmagan.

Juma kuni Belarus TIV saytida Makeyning apostol nunsiysi, arxiyepiskop Ante Yoziç bilan uçraşgani haqida xabar berilgandi. Duşanba kuni Makey Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uçraşuv ötkazişi rejalaştirilgandi.

«Belarus Respublikasi taşqi işlar vaziri Vladimir Makeyning vafoti haqidagi xabarlardan qayğudamiz», - deya yozdi Rossiya TIV rasmiysi Mariya Zaxarova telegram-kanalida.

Makey 1958 yilda tuğilgan, u 2012 yil avgustidan buyon Belarus taşqi siyosiy idorasiga boşçilik qilib kelayotgandi. Ungaça, 2008 yildan Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning ma’muriyatiga rahbarlik qilgan. 2000 yildan 2008 yilga qadar Lukaşenkoning yordamçisi bölgan.

Makey 2021 yil kuzida yuzaga kelgan migratsiya inqirozi çoğida Belarusning Ğarb mamlakatlari bilan muzokaralarida faol iştirok etgan, u şuningdek RF armiyasining 24 fevral kuni Ukrainaga bosqinidan keyin ikki tomon örtasidagi muzokaralarni taşkillaştirişga yordam bergan.

16 fevral kuni u matbuot anjumani çoğida Belarusga maşğulot ötkaziş uçun kelgan Rossiya qöşinlari maşğulotlar yakunida mamlakatni tark etişini aytgandi. «Maşğulotlardan keyin birorta harbiy xizmatçi va birorta harbiy texnika qolmaydi», degandi öşanda Makey (iqtibos BelaPAN naşriniki).

Amalda uning bu sözlari tasdiğini topmadi, Rossiya qöşini Belarus hududidan Ukraina şimoliga bostirib kirdi va Kiyev tomon harakatlandi.