26 noyabr kuni Toşkentda tumanli ob-havo hukm surayotgani sababli Uzbekistan Airways rejalaştirgan bir qator reyslar keçiktirildi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, şu kuni Toşkent xalqaro aeroportining noqulay ob-havo şaroiti tufayli Uzbekistan Airways’ning HY-051 Toşkent–Urganç, HY-011 Toşkent–Nukus, HY-603 Toşkent–Moskva, HY-271 Toşkent–Istanbul, HY-779 Toşkent–Bişkek, HY-333 Toşkent–Dubay, HY-5311 Toşkent–Jidda, HY-231 Toşkent–Frankfurt, HY-031 Nukus–Möynoq reyslari majburiy keçiktirildi.

HY-081 Toşkent–Farğona, HY-9685 Toşkent–Soçi, HY-341 Toşkent–Şarm aş-Şayx va HY-717 Toşkent–Duşanbe öz yönalişi böyiça jönab ketgan. HY-052 Urganç–Toşkent, HY-012 Nukus–Toşkent, HY-718 Duşanbe–Toşkent, HY-604 Moskva–Toşkent, HY-272 Istanbul–Toşkent, HY-780 Bişkek–Toşkent, HY-334 Dubay–Toşkent, HY-342 Şarm-aş-Şayx–Toşkent, HY-5312 Jidda–Toşkent, HY-232 Frankfurt–Toşkent, HY-032 Möynoq–Nukus keçikiş bilan amalga oşirilişi ma’lum qilingan.

Bundan taşqari, rejalaştirilgan HY-048/HY-047 Samarqand–Namangan–Samarqand va HY-275/HY-276 Samarqand–Istanbul–Samarqand qatnovlari ham keçikib amalga oşiriladi.

27 noyabr aviakompaniya matbuot xizmati keçiktirilgan reyslar böyiça qöşimça ma’lumot berdi.

Unga köra, 27 noyabr kuni Farğona va Namangan xalqaro aeroportlarida ob-havo şaroiti hali ham noqulayligi (tuman, körişning yetarli darajada emasligi) tufayli HY-093 Toşkent–Namangan, HY-9801 Namangan–Perm, HY-081 Toşkent–Farğona, HY-339 Farğona–Dubay qatnovlari majburiy keçiktirilmoqda.

Texnik sabablarga köra HY-271 Toşkent–Istanbul reysi tez orada öz yönalişi böyiça jönab ketadi. HY-272 Istanbul–Toşkent reysi ham keçikiş bilan amalga oşiriladi.

HY-9802 Perm–Namangan, HY-340 Dubay–Farğona va HY-082 Farğona–Toşkent reyslari ham keçikib amalga oşiriladi.

Uzbekistan Airways aviakompaniya uçun yölovçilar xavfsizligi yuqori örinda turişini eslatib, keltirilgan noqulayliklar uçun yölovçilar va ularni kutib oluvçilardan uzr söragan.