Amerika Qöşma Ştatlari bugun Buxoroda iyul oyida Qoraqalpoğistonda sodir bölgan fojiali voqealarga aloqadorlikda ayblangan 22 şaxs ustidan boşlangan sud jarayonlarini diqqat bilan kuzatib boradi. Bu haqda Qöşma Ştatlarning Özbekistondagi elçixonasi bayonot berdi.

«Biz hukumatni jamoatçilik oldidagi oçiqlik böyiça öz majburiyatlarini bajarişga va agar huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari Özbekiston Respublikasi qonunlarini buzgan bölsa, ularni javobgarlikka tortişga çaqiramiz. Şuningdek, Ombudsman boşçiligidagi Tergov komissiyasini öz xulosalarini imkon qadar tezroq e’lon qilişga çaqiramiz», deyiladi bayonotda.

28 noyabr kuni Buxoro viloyati sudida Nukusda sodir bölgan tartibsizliklarda qatnaşganlikda gumonlangan 22 kişiga nisbatan qözğatilgan jinoyat işini körib çiqiş boşlandi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga köra, sudlanuvçilarga Jinoyat kodeksining turli moddalari böyiça ayb qöyilgan. Jumladan, 28,104-moddasi (iştirokçilikda qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) 4-qismi, 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş), 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlari.

Sudlanuvçilarning 20 nafariga nisbatan «qamoqqa oliş», 1 nafariga «uy qamoği» va 1 nafariga «jamoa kafilligi» tarzidagi ehtiyot çoralari qöllangan.