Kanada hukumati Hind-Tinç okeani mintaqasi uçun yangi iqtisodiy va diplomatik strategiyani e’lon qildi va mintaqaga sarmoya kiritiş uçun deyarli 2,3 milliard Kanada dollari (1,65 milliard yevro) ajratdi. Hujjat 27 noyabr, yakşanba kuni mamlakat hukumati saytida e’lon qilindi.
«Uşbu strategiya kelgusi ön yillikda Hind-Tinç okeani mintaqasida faoliyatimizni çuqurlaştiriş, mintaqaviy tinçlik va xavfsizlikka qöşgan hissamizni oşiriş, iqtisodiy ösiş va barqarorlikni mustahkamlaş böyiça keng qamrovli yöl xaritasini taqdim etadi», — deyiladi tavsifda.
Mintaqada kiberxavfsizlikni rivojlantiriş, unda Kanada harbiy-dengiz kuçlarining mavjudligini kuçaytiriş va Kanada Qurolli kuçlarining mintaqaviy harbiy maşğulotlarda iştirokini oşiriş uçun 540 million dollarga yaqin mablağ yönaltirilişi rejalaştirilgan.
240,6 millioni mintaqadagi savdo va sarmoyani kengaytirişga, 750 millioni FinDev Canada taşabbusi doirasida xususiy sektorni rivojlantirişga yönaltiriladi.
Strategiyaning muhim qismi Kanadaning Xitoy bilan munosabatlarini rivojlantirişga bağişlangan bölib, hujjatda «borgan sari buzğunçi qudratli davlat» deb nomlanadi. «Xitoy xalqaro tartibni biznikiga tobora qarama-qarşi bölgan manfaatlar va qadriyatlar uçun yanada qulay muhitga aylantirişga intilmoqda», — deyiladi strategiyada.
Hujjatda «Xitoyning kattaligi va ta’siri iqlim özgarişi va biologik xilma-xillikning yöqolişi, global salomatlik va yadro quroli tarqatilişi kabi dunyoning ba’zi ekzistensial muammolarini hal qiliş uçun hamkorlikni muhim qilişi» va Xitoy iqtisodiyoti «Kanada eksportçilari uçun muhim imkoniyatlar» taqdim etişi e’tirof etiladi.
«Kanada har doim öz milliy manfaatlarini murosasiz himoya qiladi. Bizning Xitoyga munosabatimiz bugungi Xitoyni real va huşyor baholaşga asoslanadi. Çuqur bölinişlar mavjud bölgan hududlarda biz Xitoyga qarşi çiqamiz», - deyiladi strategiyada.
Reuters ta’kidlaganidek, boş vazir Jastin Tryudo hukumati köp jihatdan AQŞga qaram bölgan savdo-iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilişga intilmoqda. Mamlakatning özaro savdo aylanmasining 68 foizi Qöşma Ştatlar hissasiga töğri keladi, Xitoyga esa bor-yöği 7 foizga töğri keladi, deb yozadi Reuters.

















