Rossiya qöşini Dnepropetrovsk oblasti böylab raketa zarbasi yölladi — vayrongarçiliklar bor, ammo aholi jabrlanmagan. Bundan taşqari, Krivoy Rogda raketa zarbalari oqibatida temiryöl faoliyati buzilgan, ammo jabrlanuvçilar haqida xabar berilmagan. Xersonda elektr uzatiş boşlandi, Kiyevda esa elektr ta’minoti qariyb töliq tiklangan. Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti (ISW) yaqin haftalar içida, yomğirlar töxtab, sovuq tuşgaç, Ukrainada harbiy harakatlar intensivligi oşişini prognoz qildi. The New York Times NATO vakiliga asoslanib xabar berişiça, alyans a’zosi bölgan 30 davlatdan 20 tasi, ular orasida AQŞ ham bor, Ukrainaga qurol-yaroğ jönatiş böyiça öz resurslarini sarflab bölgan.

Quyida 27 noyabr, uruşning 277-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xersondagi hospitaldan boşpana topgan yetimlar

Ukraina tomoni rossiyaliklar bosib olingan hududlardagi bolalarni zörlik bilan annexia qilingan Qrim va Rossiya hududiga olib ketişganini ta’kidlaydi. Ukraina hukukmati rasmiylariga köra, minglab bolalar, jumladan Xersondagi bolalar uyidan 46 nafar bola öğirlangan.

Sakkiz oylik okkupatsiya vaqtida imkoniyati çeklangan bolalar, şuningdek Xerson bolalar uyidagi bemor bolalar davolaniş uçun bolalar şifoxonasiga joylaştirilgan. Okkupatsiyaning ilk kunlaridanoq şifoxona xodimlari ikki oydan ikki yarim yoşgaça bölgan önlab yetim bolalar haqida qayğurişgan. Xodimlar zarur vositalar yetişmovçiligi şaroitida kuniga 24 soatdan işlaşgan. Rossiyalik harbiylar hospitalga kelganida esa, şifokorlar soğlom bolalarni olib ketmasliklari uçun, soxta tibbiy kartalar tayyorlab, ularni juda oğir bemor sifatida körsatişgan. Şu tariqa, bolalar Rossiyaga olib ketilişining oldi olingan.

11 noyabr kuni Ukraina Xersonni öz nazoratiga qaytardi, ammo şifoxonadagi şaroitlar hamon oğirligiça qolmoqda. Butun şahar böylab elektr ta’minotida muammolar saqlanib qolmoqda, Rossiya qöşini şaharni muntazam ravişda öqqa tutmoqda, şu tufayli şifoxona xodimlarining bir qismi işdan böşab, Xersonni tark etişgan. Ayrim hamşiralar endi 48 soatdan 72 soatgaça uzluksiz işlaşiga töğri kelmoqda, ular çiroq yoruğida nafaqat yetim bolalar, balki boşqa bemorlarga ham ğamxörlik qilişi kerak. Hamşiralardan biri yetim qizaloqni asrab olgan. Bolalar uyidan yöqolgan 46 nafar bolaning taqdiri esa noma’lum bölib qolmoqda.