Xitoy poytaxti Pekin va boşqa köplab şaharlarda 28 noyabr, duşanbaga ötar keçasi mamlakat rasmiylari tomonidan SARS-CoV-2 koronavirusiga qarşi kuraşga qaratilgani bilan izohlangan keskin çeklov çoralariga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari davom etdi. 

Pekinda namoyişçilar diplomatik kvartal yaqinidagi köçalarga çiqdi, ularning köpçiligi mamlakatdagi senzuraga qarşi norozilik ramzi sifatida oq qoğozlarni uşlab turişdi, deya xabar beradi dpa axborot agentligi. Odamlar: «Karantinni olib taşlang» va «Biz PZR-testlarni xohlamaymiz, biz erkinlikni xohlaymiz» deb hayqirişdi. Politsiya jalb qilingan, hibsga olinganlarning aniq soni noma’lum.

Xitoyning boşqa şaharlarida ham norozilik yurişlari bölib ötdi: Şanhay, Çengdu, Çonging, Uhan va Nankinda. Universitetlarda ham norozilik kuçaymoqda, ijtimoiy tarmoqlar senzura tomonidan tezda olib taşlangan videolarga tölib ketgan, deb yozadi dpa. 

Bular Xitoyda 4 iyunda harbiylar tomonidan şafqatsizlarça bostirilgan va «Tyananmen qirğini» nomi bilan maşhur bölgan 1989 yildagi demokratik harakatdan keyingi eng yirik norozilik namoyişlaridir», — deyiladi agentlik xabarida. 

BBC muxbiri Ed Lourens Şanhaydagi norozilik namoyişlarini yoritar ekan, politsiya tomonidan hibsga olingan va kaltaklangan, deya xabar berdi korporatsiya. Uning ma’lumotiga köra, jurnalist kaltaklangan. Bundan taşqari, Lourens qöliga kişan solingan va qöyib yuborilgunga qadar bir neça soat uşlab turilgan, deya xabar beradi BBC.

Rasmiy Pekin voqea haqida heç qanday izoh bermadi, deb ta’kidladi xizmat. Politsiya jurnalistni olomon orasida koronavirus yuqtirmaslik uçun hibsga olganini aytdi. «Biz buni işonçli tuşuntiriş deb hisoblamaymiz», — deyiladi BBC bayonotida. 

Xitoy hukumati koronavirusga nisbatan «nol toqatlik» siyosatini olib bormoqda: şaharlarda butun mavzelar tösib qöyilgan, kasallar bilan aloqada bölgan odamlar majburiy karantinga olingan, kasallar kasalxonalarda izolyatsiya qilingan, mamlakat çegaralari amalda yopiqligiça qolmoqda. 

Namoyişlar Xitoyning Şinjon-Uyğur muxtor viloyatining Urumçi şahridagi turar joy binosida sodir bölgan yonğindan keyin boşlangan. 24 noyabr oqşomida sodir bölgan yonğin oqibatida kamida ön kişi halok bölgan, yana töqqiz kişi jarohatlangan. Guvohlarning qayd etişiça, odamlar lokdaun tufayli xonadonlarning eşiklari tösib qöyilgani va çeklov çoralari qutqaruvçilarning işiga xalaqit bergani sabab yonğindan qoçib qutula olmagan. Xitoy hukumati bu ma’lumotni rad etadi.