«DXR»ning Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Denis Puşilin Rossiya qöşini Donetsk oblastidagi Baxmut şahrini qurşab olişga yaqin turgani haqida aytdi. Ukraina tomoni bu bayonotni tasdiqlamadi. Dmitriy Peskov rossiyalik harbiylar Zaporijjya AESni tark etişga tayyorlanayotgani haqidagi xabarni rad etdi, bu haqda avvalroq Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi rahbari Petro Kotin ma’lum qilgandi. Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçkoning aytişiça, Ukrainada elektr energiyasidan doimiy uzilişlar bahorga qadar davom etişi mumkin. Rostov, Belgorod, Bryansk, Kursk va Novokuznetskda bombapanagohlar joylaşuvi körsatilgan tabliçkalar paydo böldi. «Yedinaya Rossiya» Saxalindan bölgan harbiylarning onalari va turmuş örtoqlarini «DXR»ga «komandirovka»ga jönatdi — ular «gumanitar yordam yetkazilişini nazorat qilişi» va «harbiy xizmatçilarning talablari qanday bajarilayotganiga guvoh bölişi» uçun.

Quyida 28 noyabr, uruşning 278-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xerson oblastida rossiyalik harbiylar tomonidan qatl etilgan aholi vakillarining jasadlarini eksgumatsiya qiliş jarayoni

Ukraina boş prokurori ofisiga köra, Xerson oblastining Pravdino qişloğida 12 aprel kuni rossiyalik harbiylar tinç aholi vakillaridan yetti kişini şafqatsizlarça öldirgan — olti erkak va bir ayolni. Ularning qöl-oyoqlarini boğlaşgan va yaqin masofadan turib, ensadan otişgan. Keyin jinoyat izlarini yaşiriş uçun rossiyaliklar jasadlar qoldirilgan uyni portlatib yuborişgan. Keyinroq mahalliy aholi vakili xarobalar ostidan jasad qoldiqlarini topgan va ularni dafn etgan. Xerson oblastining Rossiya tomonidan ozod etilgan hududining bir qismi noyabr oyida ozod etildi — endi politsiya va sud tibbiyot ekspertlari yetti jasad qoldiqlarini eksgumatsiya qilişi mumkin.

Chris McGrath / Getty Images
Chris McGrath / Getty Images
Chris McGrath / Getty Images