Noyabr oyi örtalarida olingan sun’iy yöldoş suratlari Brest viloyatidagi 230-umumqöşin Obuz-Lesnovskiy poligonida rus texnikasi köpayganini körsatadi. 

Bu joylaşuvlar Rossiyaning öz kuçlarini tayyorlaş borasidagi sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaydi va Belarusdan amalga oşiriladigan jangovar harakatlarga tayyorgarlik emas, deydi tahlilçilar. 

Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi bir kun avval, uning hisob-kitoblariga köra, bölinmalar «jangovar şay holatga keltirilgaç» Rossiya Federatsiyasi «alohida bölinmalarni» Belarusdan Ukrainaning aniqlaştirilmagan hududiga ötkazişini ma’lum qilgan edi. 

Şu bilan birga, Ukraina Boş ştabi Ukrainaning şimoliy çegaradoş viloyatlari yaqinida Rossiya Federatsiyasining hujumkor guruhlarini şakllantiriş belgilarini kuzatmayotganini qayd etdi. 

Uşbu bayonot ISW’ning rossiyalik yöriqçilar orasidagi jangovar yöqotişlar va safarbarlik bilan boğliq stress Rossiyada öqitiş imkoniyatlarini kamaytirgani va Belarusdagi maşğulotlar imkoniyatlariga bölgan işonçini oşirganligi haqidagi bir neçta taxminlarni qöllab-quvvatlaydi. 

ISW ekspertlari xulosalariga köra, Kreml şuningdek, Rossiya kuçlarining Belarusda joylaştirilişidan Kiyev atrofida Ukraina qöşinlari harakatini keçiktiriş va şu tariqa ularni janub hamda şarqda foydalanişga yöl qöymaslik uçun axborot operatsiyasi sifatida qöllaşga harakat qilmoqda. 

Bundan oldin ISW ekspertlari Rossiya hukumati axborot maydoni ustidan nazoratni kuçaytirişga intilayotganini ma’lum qilgandi. 

Ularning fikriga köra, bu mamlakatning özida ham, xorijda ham ommaviy axborot vositalarida rossiyalik harbiylar harakati tobora köproq tanqid ostiga olina boşlangani bilan boğliq. 

ISW tahlilçilari öz hisobotlarida, şuningdek, Zaporijjya atom elektr stansiyasidagi yadroviy falokat tahdidining doimiy muhokamasi Ğarbning Ukrainani qöllab-quvvatlaşiga putur yetkazişga qaratilgan axborot kampaniyasining bir qismi bölişi mumkinligini ta’kidlamoqda. 

Moskva Zaporijjya atom elektr stansiyasini öqqa tutişdan stansiya ustidan töliq ma’muriy nazoratga erişiş va yadroviy falokatning oldini oliş kafolatiga ega böliş uçun foydalanmoqda, deb hisoblaydi institut. 

ISW press-relizida, şuningdek, Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga tayangan holda, Rossiya maxsus xizmatlari Belarus harbiylarini Ukrainaga qarşi uruşga kirişişga undaş uçun Belarusning muhim infratuzilmasiga yolğondan hujumlar uyuştirişni rejalaştirayotgani keltirilgan.