“Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun köçmas mulk quyidagi turlariga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazişga nisbatan tatbiq etiladi: yer uçastkalariga; binolarga, inşootlarga, şu jumladan qurilişi tugallanmagan obektlarga; köp yillik dov-daraxtlarga; mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

Köçmas mulkka bölgan quyidagi huquqlar yoki çeklovlar davlat röyxatidan ötkazilişi lozim:

  • mulk huquqi;
  • doimiy egalik qiliş huquqi;
  • doimiy foydalaniş huquqi;
  • meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi;
  • ijara huquqi;
  • ikkilamçi ijara huquqi;
  • xöjalik yuritiş huquqi;
  • operativ boşqariş huquqi;
  • köçmas mulkni işonçli boşqariş huquqi;
  • bepul foydalaniş huquqi;
  • renta;
  • ipoteka;
  • servitut;
  • köçmas mulkka bölgan huquqlarga qöyilgan çeklovlar.

Binolarga, inşootlarga hamda qurilişi tugallanmagan obektlarga bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş uşbu köçmas mulk joylaşgan yer uçastkasiga bölgan huquqlar davlat röyxatidan ötkazilmaguniga qadar amalga oşirilmaydi.

Köçmas mulk kadastr yiğmajildini şakllantiriş uçun quyidagilar asos böladi:

  • yer uçastkalari belgilangani (realizatsiya qilingani);
  • bino, inşoot qurilgani va foydalanişga topşirilgani;
  • belgilangan tartibda ajratilgan yer uçastkasida qurilişi tugallanmagan obekt mavjudligi;
  • köçmas mulk bölingani;
  • köçmas mulk birlaştirilgani.

Davlat reyestri köçmas mulk, unga bölgan huquqlar, huquq egalari töğrisidagi ma’lumotlar elektron bazasi tarzdagi tizimlaştirilgan ma’lumotlar töplamidan iboratdir. Qonun 3 oy ötgaç kuçga kiradi.