Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin 1-2 dekabr kunlari Özbekistonga taşrif buyuradi.
Bu haqda Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi Savdo vakolatxonasi ma’lumotlariga tayanib Podrobno.uz xabar berdi.
Mişustin Samarqandda bölib ötadigan Rossiya-Özbekiston biznes-forumida iştirok etadi. Özbekiston tomonidan delegatsiyaga Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçilik qiladi.
Forumda transport-logistika sohasini rivojlantiriş, qöşma sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ikki mamlakat kiçik va örta biznes hamkorligi kabi masalalar muhokama qilinadi.
Bundan taşqari, tadbir doirasida Rossiya-Özbekiston işbilarmonlar kengaşi yiğilişi bölib ötadi.

















