Rossiya Hisob palatasi raisi Aleksey Kudrin iste’foga çiqişini ma’lum qildi. «Endi men keng ma’noda xususiy taşabbuslarni rivojlantiriş bilan boğliq bölgan, biroq ayni paytda odamlarga sezilarli ta’sir körsatadigan yirik loyihalarga e’tibor qaratmoqçiman», — deb yozdi u 29 noyabr, seşanba kuni Telegram-kanalida.
Kudrin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tegişli ariza topşirganini qöşimça qildi. Ayni vaqtda Federatsiyalar kengaşiga Putinning Kudrinni Hisob palatasi raisi lavozimidan ozod etiş taklifi kelib tuşdi, deb ma’lum qildi RIA «Novosti» agentligiga Rossiya parlamenti yuqori palatasi budjet va moliya bozori qömitasi rahbari Anatoliy Artamonov.
Federatsiyalar kengaşi 30 noyabr kuni bölib ötadigan yiğilişda Kudrinning iste’fosi haqidagi taqdimnomani körib çiqadi, deya ta’kidladi agentlikning yana bir suhbatdoşi. Budjet va moliyaviy bozorlar qömitasi yuqori palataga Kudrinni muddatidan avval işdan böşatişni tavsiya qildi.
Aleksey Kudrin 2018 yilning may oyidan buyon Hisob palatasini boşqarib kelmoqda. «Yandeks» asosçilaridan biri Arkadiy Voloj Kudringa «Yandeks»ga ötişi hamda Rossiya va xalqaro biznesni ajratişda yordam berişi evaziga kompaniyaning rasmiy 5 foiz aksiyalarini taklif qilgan, deya ma’lum qildi Forbes suhbatdoşlari va «Agentlik» internet naşri.
25 noyabr kuni OAV anonim manbalarga tayanib, Kudrin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Yandex internet kompaniyasi aktivlarini böliş sxemasini ma’qullagani, şuningdek, uning rahbariyatiga ötişga kelişib olgani haqida xabar berdi.

















