Qozoğistonda 21 noyabrda bölib ötgan navbatdan taşqari prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Qosim-Jömart Töqayev ğalaba qozondi. U kuçsiz va maşhur bölmagan nomzodlar bilan raqobatda 81 foiz ovozni qölga kiritdi.

Mustaqil kuzatuvçilar saylovçilarning 70 foizi saylovda qatnaşgani haqdagi ma’lumotni şubha ostida oldi. Saylovdagi bu natija, albatta, jiddiy noroziliklarga sabab bölmadi. Çunki Qozoğistonda yanvar oyida yuz bergan ommaviy norozilik namoyişlarida insonlar halok böldi, qozoğistonliklar fevral oyidan beri Rossiyaning Ukrainadagi uruşini kuzatmoqda va ular yangi tartibsizliklarni xohlamaydi.

Uçastka saylov komissiyasi raisi va komissiya joylaşgan maktab direktori Oygul Nuradilova yiğilgan jurnalistlarga prezident sayloviga bayramdek munosabatda bölişini aytadi. Uning saylov uçastkasidagi saylov komissiyasining barça a’zolari milliy libos kiygan va birinçi kelgan saylovçilarni böğirsoqlar bilan kutib olgan.

«Ovoz beriş har bir qozoğistonlikning fuqarolik burçidir. Va umid qilamanki, köpçilik ovoz bilan amaldagi prezidentni saylaymiz, çunki biz bir xalq va bir millatmiz, bizni yagona kelajak kutmoqda», ­— degan Nuradilova oçiqçasiga.

Prezident va massovka

Bu kartina, umuman olganda, saylov qanday atmosferada ötganini ifodalaydi. Uşbu prezidentlik saylovlari muddatidan oldin bölib ötdi: Töqayev prezidentlik saylovi ötkazilişini, prezident endilikda faqat bir marta, ammo yetti yillik muddatga saylanişi belgilangan konstitutsiyaviy islohotlardan söng e’lon qildi.

Töqayev saylovda 81 foizdan köproq ovoz oldi, ikkinçi örinni esa «barça nomzodlarga qarşi» rukni egalladi. 6 foiz saylovçilar nomzodlarning barçasiga qarşi böldi.

Uçinçi örinni «Ovul» partiyasidan nomzod Jiguli Dairaboyev egalladi. Saylovçilarning 3,33 foizi uni qöllab ovoz berdi – bu Markaziy saylov komissiyasidan (MSK) majburiy garov pulini qaytarib oliş uçun ham yetarli foiz emas (buning uçun 5 foiz ovoz yiğilişi kerak edi).

Qolgan tört nomzod jiddiy tarğibot-taşviqot işlari olib bormadi. Ular asosan bir-birini tanqid qildi va öz çiqişlarida Töqayevni umuman tilga olmaslikni afzal kördi. Amaldagi prezident, sobiq SSSR mamlakatlarida 1990-yillardan beri mavjud bölgan an’anaga köra, hatto teledebatlarda ham iştirok etmadi.