2022 yil boşidan buyon Rossiya suyultirilgan tabiiy gazining (STG) Yevropaga importi ötgan yilning şu davriga nisbatan 42 foizga oşdi. Bu haqda 29 noyabr, duşanba kuni Financial Times öz hisob-kitoblariga tayanib xabar berdi.
Rossiyadan STG 2022 yilda uşbu yonilğining Yevropa dengiz importining 16 foizini taşkil qiladi. Deyarli butun hajm Fransiya, Belgiya, Ispaniya va Niderlandiyaga yetkazildi, deb yozadi FT.
Umuman olganda, Rossiya Yevropaga 17,8 milliard kub metr STG eksport qildi va mintaqadagi ikkinçi yirik yetkazib beruvçiga aylandi. Birinçi örinni 42 foizlik uluş bilan AQŞ, uçinçi örinni 13,7 foiz bilan Qatar egallagan.
17,8 mlrd kubometrlik umumiy hajm gaz quvurlari orqali yetkazib berilgan 62,1 mlrd. kubometr gazning bir qismini taşkil etsa-da, bu Yevropani Kremlning «quroli» oldida «himoyasiz qoldiradi», deya ogohlantirgan FT.
Rossiya gaz quvurlari orqali yetkazib berişni keskin qisqartirganidan söng, Yevropa davlatlari tuşib ketgan hajmlarni qoplaş uçun STG bozoriga kirişdi. Refinitiv tahlilçilariga köra, yil boşidan beri Yevropa rekord darajadagi - 111 milliard kubometr STG import qildi, bu ötgan yilga nisbatan qariyb 70 foizga köpdir.
«Putin bir kun uyğonib: «Biz Yevropaga STG yetkazib berişni töxtatamiz», deyişi mumkin, bu esa mintaqani yanada qimmatroq bozorda gaz xarid qilişga majbur qiladi», - deya ogohlantiradi Kolumbiya universitetining energiya siyosati böyiça tadqiqotçisi Ann-Sofi Korbo. «Rossiya nazariy jihatdan gaz tankerlarini Bangladeş va Pokiston kabi kambağal davlatlarga «siyosiy manfaatga erişiş» va «yevropaliklarga bosim ötkaziş» uçun yönaltirişi mumkin», dedi u.

















