Joriy yilning 7 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “Neft va gaz sohasida ta’lim-işlab çiqariş klasterini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorga muvofiq, “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boşçiligidagi neft va gaz sohasidagi ta’lim-işlab çiqariş klasteri faoliyatini Muvofiqlaştiruvçi kengaş tuzilgan bölib, ayni paytda uşbu yönalişda qator işlar amalga oşirilmoqda.

Foto: Özbekneftgaz

Qaror ijrosini ta’minlaş maqsadida işlab çiqariş korxonalariga maktab öquvçilari uçun ekskursiyalar taşkil etilişi ham belgilangan.

Şu munosabat bilan 22-23 noyabr kunlari Qarşi muhandislik iqtisodiyot instituti talabalari va Toşkent şahrida joylaşgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab hamda Ğuzor tumani 68-son davlat ixtisoslaştirilgan maktabi öquvçilari uçun “Özbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib çiqariş boşqarmalari va qayta işlaş zavodlariga ekskursiyalar taşkil etildi.

Foto: Özbekneftgaz

Uçraşuv avvalida, talaba va öquvçi yoşlarga mutaxassislar tomonidan korxonalar hududida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etiş töğrisidagi yöriqnoma tuşuntirib ötildi.

Foto: Özbekneftgaz

Söng kelajak avlodni bevosita işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan taniştiriş maqsadida Şörtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi, Şörtan gaz kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” zavodidagi yuqori texnologiyalarga asoslangan qurilmalar va uskunalar bilan taniştirildi. 

Foto: Özbekneftgaz

Uşbu ekskursiya yoşlarda katta qiziqişlar uyğotdi va ular özlariga hamrohlik qilgan mutaxassislardan qiziqtirgan barça savollariga javoblar olişdi.

Bu kabi ekskursiyalar talaba va öquvçilarda katta taassurot qoldiriş bilan birga işlab çiqariş korxonalari va ta’lim muassasalari orasidagi hamkorlikni davom ettirişga asos bölib xizmat qilmoqda.