“Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşga doir işlarni yanada jadallaştiriş munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Loyiha maqsadi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Mahallabay işlaş agentligi Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi töğrisidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Mahallabay işlaş agentligi Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan subsidiyalar ajratiş tartibi töğrisidagi nizomga qöşimçalar kiritişdan iborat.

Bunda, Mahallabay işlaş agentligi huzuridagi Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi tomonidan Qoraqalpoğistonda işsiz yoşlar bandligini ta’minlaş maqsadida uy şaroitida quyonçilik faoliyatini taşkil etiş maqsadida quyon, maxsus qafas va ozuqa (yem) sotib oliş uçun subsidiya ajratiş yuzasidan tegişli qöşimçalar kiritilmoqda.

Loyiha bilan subsidiya beriş tartibini takomillaştiriş orqali Qoraqalpoğistonda işsiz yoşlar bandligini ta’minlaş maqsadida ularga uy şaroitida quyonçilikni taşkil etiş uçun:

  • quyon sotib oliş uçun bazaviy hisoblaş miqdori 6 baravarigaça;
  • maxsus qafas sotib oliş uçun bazaviy hisoblaş miqdori 6 baravarigaça;
  • maxsus ozuqa (yem) sotib oliş uçun bazaviy hisoblaş miqdori 2 baravarigaça subsidiya ajratiş orqali ularni özini özi band qiliş, qöşimça daromadga ega bölişi, natijada hududda işsiz yoşlar sonini kamaytiriş imkonini beradi.