«Putin oşpazi» laqabi bilan tanilgan Yevgeniy Prigojinga tegişli bölgan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Markaziy Afrika Respublikasidagi (MAR) qamoqxonalardan odamlarni boşqa mintaqalar, jumladan, Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnaşiş uçun yollaşni boşladi. Bu haqda The Daily Beast uşbu mamlakatning yuqori martabali ikki ofitseriga tayanib yozmoqda.

Vagnerçilar önlab isyonçilarni, şu jumladan ayollar va bolalarni öldiriş va zörlaşda ayblagan mahbuslarni yollamoqda. Ularning aksariyati fuqarolar uruşi davrida qariyb ön yil davomida MAR hududining katta qismini nazorat qilgan, tinç aholiga zöravonlik qilgan va ularni qörqitgan terrorçilardir.

«Vagner» oktyabr oyida mahbuslarni yollaşni boşlagan. «Heç kim ularni töxtata olmaydi, çunki hukumat ularga xohlagança harakat qiliş huquqini bergan», dedi ofitserlardan biri.

«Vagnerçilar Mali va Ukrainada zudlik bilan odamlar kerakligini aytişdi. Öylaymanki, biz uşlab turgan 20 dan ortiq jinoyatçi ozod qilindi», dedi ikkinçi manba.

«Vagner» şu yil yozda Rossiya koloniyalarida mahbuslarni yollaşni boşlagan edi. Yevgeniy Prigojin Rossiya koloniyalaridagi mahbuslar bilan şaxsan uçraşib, Ukrainadagi jangovar harakatlarda 6 oy qatnaşib bersa, ozodlikka çiqişini va’da bergan.

Prigojinning özi ham avvalroq öğrilik, firibgarlik va voyaga yetmaganlarni jinoiy faoliyatga jalb qilişda ayblanib sudlangan. Uning yollanma askarlari xorijdagi köplab operatsiyalarda, asosan (Ukrainaga bostirib kirişda bölgani kabi) Rossiya Davlat razvedka boşqarmasi qömondonligi ostida qatnaşadi. U «Putin oşpazi» laqabini olgan, çunki Kremlda ziyofatlarni uyuştirgan.