Keng jamoatçilik fikrini yiğiş va ovozga qöyiş maqsadida tez orada Toşkent şahar hokimligining maxsus veb-sahifasi işga tuşiriladi. Bu haqda Kun.uz'ga Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Keng jamoatçilik tomonidan bildirilgan takliflar ustida işlaş maqsadida işçi guruh taşkil qilingan bölib, unda mazkur masalaga mas’ul bölgan davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan bir qatorda, olimlar, tarixçilar, filologlar, ölkaşunos, blogerlar, toponimika sohasida katta tajribaga ega bölgan mutaxassislar taklif etilgan”, – deyiladi rasmiy izohda.

Vazirlik işçi guruhning yiğilişida bekat nomlari böyiça qanday takliflar ilgari surilgani haqidagi savolimizga javob bölmadi. Yiğilişda qatnaşgan filolog, bloger Eldor Asanov ham bu haqda yozgan postida taklif-nomlarni oçiqlamagan, “Ubaydullaxon” nomi qabul qilinmaganini bildirdi.

“Yaxşi töplanib, yaxşi takliflar berildi. Ham tarixiy nomlar, ham bugungi toponimiya inobatga olindi. Jimjimador yoki siyosiy nomlar tanlanmadi. Tarixiy şaxslar ham yaxşi tanlandi. Lekin Ubaydullaxon ötmadi.

Umuman, yaxşi işladik! Yaqinda nomlar e’lon qilinadi, toşkentliklardan birinçi örinda maqtov, undan keyin taklif va e’tirozlar kutib qolamiz”, – deya yozdi Asanov özining Telegram-sahifasida.

Eslatib ötamiz, yerusti metropolitenining Döstlik–Qöyliq va Olmazor–Sergeli yönalişlaridagi 19 ta bekati hozirda vaqtinça raqamlar bilan nomlangan.