1 dekabr kuni Qatardagi jahon çempionatida E va F guruhlarida ham sönggi öyinlar ötkaziladi. Birinçi turda Kosta-Rika darvozasiga javobsiz 7 gol urgan Ispaniya ham pley-offdan qolib ketişi mumkin. Faqat bir oçko bilan qolayotgan Germaniyaning xato qilişga haqqi yöq, Belgiya turnirni tark etiş yoqasida. Quyida ikki guruhdagi jamoalarga guruhdan çiqiş uçun qanday natijalar kerakligini körib çiqamiz.
F guruhi
Kanada — Marokaş (Toşkent vaqti bilan soat 20:00)
Belgiyaliklar bilan öyinda sifatli öyini bilan barçani hayratga solgan Kanada Xorvatiyaga qarşi öyinda öz salohiyatini töliq namoyiş eta olmagandi. Şimoliy amerikaliklar boş murabbiyi Jon Herdman öz jamoasi xorvatlarni yançib taşlaşi haqida gapirgani raqibning qattiq jahlini çiqardi. Natijada Kanada pley-offga çiqiş imkoniyatini yöqotdi, ammo jamoa oxirgi turda eşikni qattiq yopib çiqib ketişi mumkin.
Marokaş esa Xorvatiya bilan öyinda zerikarli durang qayd etgandi, Belgiya ustidan esa sensatsion ğalabaga (2:0) erişildi. Endi afrikaliklarni guruhdan çiqiş uçun KONKAKAF vakillariga qarşi öyinda durang ham qoniqtiradi. Ğalaba esa jamoa 1/8 finalga birinçi örin bilan yöl olişini ta’minlaşi mumkin. Bunda parallel öyinda xorvatlar belgiyaliklarni mağlub etgan taqdirda, töplar nisbatiga qaraladi.
Marokaşliklar Kanadaga mağlub bölib ham ikkinçi örin bilan pley-offgga çiqişi mumkin — buning uçun Xorvatiya Belgiyaga yutqazmasligi talab etiladi.
Xorvatiya — Belgiya (Toşkent vaqti bilan soat 20:00)
JÇ-2018 finalçilari xuddi Marokaş kabi ikkinçi turda öyin sifatini oşirişdi. Xorvatiya ham ikkinçi öyinda ğalaba qozondi — nisbatan yirikroq hisob qayd etildi, natijada guruhning sönggi turi arafasida jamoa guruhda yetakçi bölib turibdi. Zlatko Daliç şogirdlari durang uçun öynaşi ham mumkin, bir oçko jamoaga 1/8 final yöllanmasini beradi. Agar marokaşliklar Kanadani yenga olmasa, xorvatlarga beş oçko ham birinçi örin uçun yetarli bölişi mumkin. Xorvatiya va Marokaş öz öyinlarida ğalaba qozonsa, yuqorida aytilganidek, töplar nisbati yaxşiroq bölgan jamoa birinçi örinni egallaydi.
Turnir nuqtayi nazarida Belgiya uçun barçasi oddiy: ğalaba ularni parallel uçraşuvda qanday natija qayd etilişidan qat’i nazar keyingi bosqiçga olib ötadi. 2018 yilgi jahon çempionatining bronza medallari sovrindorlari agar Marokaşga qarşi öyinda natijaga erişganida, muddatidan oldin pley-off masalasini hal qilgan bölardi, ammo ular bu öyinda hatto gol ura olişmadi. Endi 1/8 final yöllanmasini oldingi jahon çempionatining boşqa bir sovrindoriga qarşi öyinda tortib oliş talab etilad. Belgiyaning keksaya boşlagan «oltin avlodi»ni ğalabadan boşq har qanday natija mundial pley-offisiz qoldiradi.




















