Aviatsiya xodimlarini tibbiy körikdan ötkaziş parvozlar xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan va davlat sertifikatsiyalaş tizimi qismi hisoblanadi. Aviatsiya qoidalari Özbekiston Havo kodeksi va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (IKAO) standartlari va tavsiyalariga muvofiq, Özbekiston fuqaro aviatsiyasida tibbiy xulosa beriş tartibini belgilaydi.

Özbekiston fuqaro aviatsiyasida tibbiy körikdan ötgani haqida tibbiy xulosa beriş töğrisidagi aviatsiya qoidalari fuqaro aviatsiyasi öquv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlar va ta’lim olayotganlar (kursantlar)ga hamda fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlariga nisbatan qöllaniladi.

Tibbiy xulosa oliş uçun nomzodlar soğligi holatiga qöyilgan mazkur talablar parvozlar xavfsizligini tibbiy ta’minlaş maqsadida işlab çiqilgan. Vakolatli organ tibbiy ekspertlari va tibbiy uçiş komissiyasi a’zolari, tibbiy körikdan ötuvçilar turli toifalari soğligiga qöyilgan talablarga köra şaxslarni tibbiy körikdan ötkazadi.

Quyidagilar tibbiy xulosa oliş uçun tibbiy körikdan ötişlari şart: uçuvçilikka, havaskor uçuvçilikka, erkin aerostat uçuvçiligiga, şturmanlikka, uçuvçi- planeristlikka, bortinjyenerlikka, bortmexaniklikka, havodagi harakatni boşqaruvçi dispetçerlikka, bortkuzatuvçilikka öqiş uçun fuqaro va eksperimental aviatsiyasi öquv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlar va mazkur öquv yurtlari kursantlari, havaskor uçuvçi (samolyot, dirijabl, vertolyot yoki kötariş kuçini oşiriş sistemasiga ega havo kemasi), tijorat aviatsiyasi uçuvçisi (samolyot, dirijabl, vertolyot yoki kötariş kuçini oşiriş sistemasiga ega havo kemasi), köpa’zoli ekipaj uçuvçisi (samolyot), aviakompaniya yönalişdagi uçuvçisi (samolyot, vertolyot yoki kötariş kuçini oşiriş sistemasiga ega havo kemasi), sinovçi-uçuvçi, şturman, bortinjyener, HHB dispetçeri, bortmexanik, aerostat uçuvçisi, bortradist, uçuvçi-planerist, bortkuzatuvçi, yuk taşuvçi havo kemasi bortoperatori.

Tibbiy xulosa amal qiliş muddati berilgan kunidan boşlanadi va tugaş sanasini öz içiga oladi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (IKAO) standartlari va tavsiyalariga muvofiq tibbiy xulosalar amal qiliş muddatlari quyidagiça belgilanadi:

a) fuqaro aviatsiyasi öquv yurtlari uçuvçi-kursanti, şturman-kursanti, bortinjyener-kursanti, tijorat aviatsiyasi uçuvçisi (samolyot, vertolyot, dirijabl, kötariş kuçini oşiriş sistemasiga ega havo kemasi), köpa’zoli ekipaj uçuvçisi (samolyot), aviakompaniya yönalişdagi uçuvçisi (samolyot, vertolyot, kötariş kuçini oşiriş sistemasiga ega havo kemasi), şturman, bortinjyener, sinovçi – uçuvçi uçun 12 oy;