Messi penaltidan gol urolmadi, ammo Argentina guruhda birinçi böldi. Polyaklar saudiyaliklarning golini nişonladi va pley-offda qatnaşadigan böldi. Endi Argentina Avstraliya bilan, Polşa — Fransiyaga qarşi öynaydi.

JÇ-2022. S guruhi. 3-tur
Polşa — Argentina 0:2
Gollar: Makallister (49), Alvares (67). 
Aniq ijro etilmagan penalti: Messi (39).
Polşa – Şçensni, Keş, Glik, Kiver, Bereşinski (Yenjyeyçik, 72), Zelinski, Frankovski (Kaminski, 46), Krixovyak (Piontek, 83), Belik (Şimanski, 62), Levandovski, Sviderski (Skuras, 46).
Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 59), De Paul, Makallister (Almada, 84), Fernandes (Pesselya, 79), Di Mariya (Paredes, 59), Messi, Alvares (Martines, 79).
Ogohlantirişlar: Akunya (49), Krixovyak (78).

Argentina birinçi turda işonçni oqlamagan va köpçilikning hafsalasini pir qilgandi. Har qanday jamoa raqib imkon bergan darajada öynaşi haqidagi oqlovçi nazariyani esa Braziliya misoli inkor etadi. Braziliyaga ham asosiy e’tiborni raqib öyinini buzişga qaratgan jamoalar qarşi çiqdi, ammo pentakampeonlar serblar bilan öyinda ham, şveysarlarga qarşi ham töla kuç bilan öynamagan holda natijaga erişdi. Argentinani esa Meksika qarşi öyinda Messining uzoq masofadan yöllagan dohiyona zarbasi halokatdan qutqarib qoldi.

Aytiş kerakki, Leo öşa öyindan keyin jamoadagi muammolar haqida gapirişdan tortinmadi. U jamoaga natija uçun javobgarlik yuqoriligi xalal berayotgani va birinçi bölim davomida böş hududlarga ega bölmaganini aytdi. Sardorning sözlarida optimizm bölsa ham, u tan oldi: Janubiy Amerika çempionlari doim ham özining eng yaxşi öyinini namoyiş eta olmayapti.

Boş murabbiy Lionel Skaloni esa Meksikaga qarşi öyindagi boşlanğiç tarkibni yana özgartirdi. Bu safar ham Dibala zaxirada qoldi, u taktik sabablarga köra öynamayapti. Lekin tarkibga Molina, Romero, Fernandes va bolaligida Messi va Di Mariya bilan suratga tuşişdan xursand bölgan, endi esa ular bilan jahon çempionatida bir jamoada töp tepayotgan Alvares qöşildi.

Birinçi turdan keyin tarkibda beş özgariş qilingandi, ikkinçi turda boşlanğiç tarkibda öynaganlardan tört nafari uçinçi tur öyiniga tuşirilmadi — murabbiy optimal tarkibni aniqlaş uçun izlanişda davom etmoqda. Qolaversa, hatto Saudiyaga qarşi öyinda oçiq futbol namoyiş etmagan va birinçi navbatda öz darvozasi daxlsizligini öylagan pragmatik Polşani qandaydir yöl bilan doğda qoldiriş talab etilardi. Polşaliklar darvozaboni Şçensni dastlabki ikki turda öz vazifasini a’lo darajada uddaladi. Ikki turdan keyin faqat u va brazillar posboni Alissongina öz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, marokaşliklar ham hali gol ötkazmagan, ammo afrikaliklarning ikki öyinida ikki xil darvozabon öynagan.