Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrining Pervomayskiy tuman sudi 2010 yil iyun voqealari böyiça jinoyat işini körişda davom etmoqda.

1 dekabr kuni sudga sobiq prezident Almazbek Atambayev keltirilgan. Ammo u tartibni buzgani uçun sud zalidan olib çiqilgan.

Söngra Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Keneşbek Duyşebayev keltirilgan. U prezident Sadir Japarov, Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari Qamçibek Taşiyev va parlamentning sobiq spikeri Talant Mamitovni guvoh sifatida sudga çaqiriş töğrisida iltimosnoma kiritgan.

Sudya Çingizbek Berdimuratov ayblanuvçining iltimosnomasini qanoatlantirgan. Endi sudga Sadir Japarov, Qamçibek Taşiyev va Talant Mamitov çaqiriladi. Ular guvoh sifatida söroq qilinadi.

Iyun voqealari böyiça jinoiy iş tergovi 2021 yil aprel oyida qayta boşlangan edi. Mazkur iş yuzasidan Qirğiziston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Xizmat vakolatini suiiste’mol qiliş» moddasi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda. Muvaqqat hukumat mansabdor şaxslariga nisbatan 2010 yil may-iyun oylarida taniqli tadbirkor, millatlararo adovat qözğatganlikda ayblangan Qodirjon Botirovning mamlakatdan tösiqlarsiz, noqonuniy çiqib ketişiga yordam berganlik fakti böyiça iş qözğatilgan. Sud fikriga köra, bu voqea respublika janubida fojiali oqibatlarga olib kelgan.