Prezident Qosim-Jömart Töqayev Kremldagi muzokaralarda taklif qilingan Qozoğiston, Rossiya va Özbekiston örtasidagi «uçtomonlama gaz ittifoqi» ğoyasini diqqat bilan örganib çiqadi. Bunday ittifoqni taşkil etiş böyiça hali qaror qabul qilingani yöq, dedi Qozoğiston taşqi işlar vaziri örinbosari Roman Vasilenko.

«Davlat rahbari ğoyani sinçiklab örganib çiqişi haqida aytildi. Bu hozirça faqat taklif. Diplomatiyada köplab fikrlar, takliflar aytiladi, şuning uçun ular mutaxassislarning diqqat e’tiboriga loyiqdir. Qaror qabul qilinişidan oldin, davlat rahbari aytganidek, bu taklif örganib çiqiladi», dedi Roman Vasilenko.

Şu bilan birga, diplomatning qayd etişiça, Rossiya bilan «gaz ittifoqi» taşkil qilinişi Qozoğiston uçun heç qanday qiyinçilik tuğdirmasligi va mamlakatning aksilrossiya sanksiyalarini çetlab ötişda bevosita yoki bilvosita iştirok etişiga olib kelmasligi kerak.

Qozoğiston xalqaro muammolarni hal qiliş usuli sifatida sanksiyalar qöllanişiga qarşi, ammo ularga oğişmasdan rioya qildi.

«Qozoğiston öz hududidan sanksiyalarni çetlab ötiş uçun foydalanişga ruxsat bermaydi. Uşbu mojaroning dastlabki kunlaridanoq biz hukumatda komissiya tuzdik, uning vazifasi vaziyatning Qozoğiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sirining oldini oliş va Qozoğiston hududidan sanksiyalarni çetlab ötiş uçun foydalanişga yöl qöymaslikdir. Bu pozitsiyalar özgarmaydi, ular har qanday potensial taşabbuslarni baholaşda qöllanadi», — dedi Roman Vasilenko.

Avvalroq Qozoğiston Respublikasi prezidenti matbuot kotibi Ruslan Jyeldibay Qozoğiston, Özbekiston va Rossiya örtasida «uçtomonlama gaz ittifoqi»ni yaratiş ğoyasi batafsil muzokaralar çoğida uçta davlat ekspertlari tomonidan muhokama etilişini ma’lum qilgandi.

Rossiya gazini Qozoğiston va Özbekiston hududlari orqali taşiş böyiça harakatlarni muvofiqlaştiriş maqsadida ittifoq tuziş ğoyasi Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan ilgari surilgan.