Mahallabay işlaş va tadbirkorlik rivojlantiriş agentligining Toşkent şahar boşqarmasi ötkazgan umumiy 3,4 mlrd sömlik 4 ta tenderda oçilganiga 1 kundan 4 kungaça bölgan firmalar ğolib deb topilgan edi. Agentlik bu şubhali xaridlar böyiça Kun.uz'dagi maqolaga munosabat bildirib, örganiş işlari boşlanganini ma’lum qildi.
Tekşiruvga Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi xodimlari ham jalb etilgan.
Qöşimça qilinişiça, agentlikning hududiy boşqarmalarida subsidiya hisobidan bölayotgan davlat xaridlarining töğri ötkazilişi yuzasidan nazorat tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Ma’lumot uçun, Mahallabay işlaş agentligi şu yil boşidan respublikadagi barça mahallalarda iş boşlagan hokim yordamçilari faoliyatini muvofiqlaştiradi.
Hokim yordamçilarining tavsiyasiga asosan, tadbirkorlik va özini özi band qiliş faoliyatini boşlamoqçi bölgan işsiz fuqarolar, şu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boşlaş uçun subsidiya asosida kerakli asbob-uskuna, mehnat qurollari xarid qilinmoqda.
Toşkentdagi holatda yuzlab tikuv maşinalari tender e’lon qilinganidan keyin oçilgan kompaniyalardan, 6 mln sömdan sotib olingan.

















