Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma’lumotlariga köra, har yili dunyo miqyosida 20 milliondan ziyodroq odamda onkologik kasallik qayd etiladi, şundan 10 milliondan köproği hayot bilan vidolaşadi.

Özbekistonda ham saratonga çalinayotganlar körsatkiçi yildan yilga oşib borayotir. Rasmiy ma’lumotlarda keltirilişiça, mamlakatimizda yiliga 22 mingdan ortiq bemorda onkologik kasallik aniqlanmoqda. Şundan mingga yaqini bolalar ekani ayniqsa açinarli.

Aksariyat yurtdoşlarimiz yilda ikki marta tibbiy körikdan ötiş u yoqda tursin, yillab şifokor qabuliga bormasligi, şu bois köpinça saraton rivojlanib bölgaç, ya’ni kasallik köp hollarda III yoki IV bosqiçga yetganidan söng aniqlanişini inobatga olsak, aslida kasallanganlar körsatkiçi rasmiy ma’lumotlardagidan ança yuqori ekani ayon böladi.

Sir emaski, Özbekistonda ham onkologik bemorlar davolanadigan şifoxonalarda joy tanqisligi yuzaga kelişi allaqaçon kuzatila boşlangan. Bunday vaziyatda esa uçta şifoxonani bitta tibbiyot muassasasiga birlaştirgandan köra, eskilarini saqlab qolgan holda örinlar sonini köpaytiriş kerak emasmi?

Biroq afsuski, aqli jiğildonining foydasiga işlaydigan ayrim amaldorlar oğir kasallik bilan kuraşayotgan bemorlarning haqqini tuya qilişdan, öz manfaatlari yölida ularning sönggi umid maskanini tortib olişdan tap tortişmayapti.

Buni Toşkentning markaziy va xaridorgir nuqtalarida joylaşgan uçta şifoxonani auksion savdosiga çiqariş haqidagi hukumat qarori oçiq manbalarda yöq ekani ham tasdiqlaydi. Bu jarayonlar mamlakatda yiliga 1 ming 300 kişi onkologik xastalikka çalinayotgan bir vaqtda sodir bölmoqda.

Savol tuğiladi: barçasi qonun doirasida amalga oşirilayotgan bölsa, nima uçun hukumat buni yopiq qaror bilan dastaklamoqda? Jamoatçilik voqif bölmasligi kerak bölgan qandaydir sir yoki öyinlar bormiki, bu işlar xufiyona bajarilgan?

Jamoatçilikni qiynayotgan savol şugina emas. Ularning ayrimlarini sanab ötmoqçimiz.

– 2019 yilning iyul oyida Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi, zamonaviy Konsultativ-diagnostika poliklinikasi binosi foydalanişga topşirilgan. Investitsiya dasturi asosida 3 qavatli bino rekonstruksiyadan çiqarilib, old qismida 2 qavatli holl