Şahrisabz şahri hokimligi keçqurun ötkazilgan rasmiy tadbirga sovuq bölişiga qaramay yupun kiyimdagi öquvçi qizlar raqs tuşiş uçun jalb etilgani holatiga izoh berdi.

Unga köra, 30 noyabr kuni Şahrisabz şahar Yoşlar işlari agentligi va sektor rahbarlari iştirokida “Yoşlar daftari”da turganlarga navbatdagi subsidiya asosida mehnat qurollarini va tölovlar uçun sertifikatlar topşiriş böyiça tadbir bölib ötgan.

“Tadbir kun tartibida közda tutilmagan bölsa-da, 2-son Bolalar musiqa va san’at maktabi qoşida taşkil etilgan “Tumorça” raqs tögaragi rahbari va ota-onalari tomonidan farzandlari “Beş taşabbus” doirasida şahar bosqiçidan 1-örinni olib, viloyat bosqiçida ham 29 noyabr kuni iştirok etib kelişganini bildirgan holda, tanlovda yaxşi baholangan raqslarini namoyiş etiş va ularning bu yutuqlarini ham taşkilotçilar tomonidan e’tirof etiş taklifi bilan çiqişgan”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, şahar sektor rahbarlari tomonidan musobaqa va tanlovlarda yaxşi örinlarni olgan yoşlarni tadbirlarda e’tirof etib boriş an’ana tusiga aylanib qolgan. Şu sababli tadbir taşkilotçilari taklifni ma’qullab, ularga ham imkoniyat berişgan.

“Ular ota-onalari bilan gulxan atrofida birga issiq kiyimlarda ötirişgan (bu holat rasm va videoda ham aks etgan). Faqatgina davrada öynaşda va taqdirlaş jarayonida rasmga oliş uçun qisqa vaqtda raqs kiyimida bölişgan xolos. Bu yerda taşkilotçilarni oqlaşdan yiroqmiz, faqat tadbirga raqs tögaragi qizlari ustozi va ota-onalari taşabbusiga köra yutuqlarini baham köriş uçun kelişganini anglaşimiz zarur”, – deyiladi Şahrisabz şahri hokimligi bayonotida.

Ta’kidlanişiça, tadbirning asosiy maqsadi “Yoşlar daftari”ga röyxatga olingan yoşlarga subsidiya va mehnat qurollarini topşirişdan iborat bölgan. Tadbir 17:30 da boşlanib, “yoşlarning xohişiga köra gulxan atrofida köngiloçar dasturga ulanib ketgan va keç soat 19.30 da tugagan”.

Hokimlik yoş qizlarning yupun kiyimda tadbirga majburan jalb etilgani haqidagi gap-sözlarni rad etdi.

“Xulosa örnida şuni aytiş kerakki, mazkur holat yuzasidan şahar hokimligida yiğiliş ötkazilib, yoşlar tadbirini taşkil etişda e’tiborsizlik qilgan mas’ullarga çoralar körildi va kamçiliklari körsatib ötildi. Barçadan uzr söragan holda, jamoatçilikning keskin tanqidiga olib keladigan bunday holatlarga boşqa yöl qöymasligimizni ma’lum qilamiz va bu tadbir biz uçun aççiq saboq böldi”, – deyiladi rasmiy axborotda.