Xerson oblastining Ukraina nazoratidagi qismi rahbariyati Dneprning çap sohilidagi aholi evakuatsiyasi haqida e’lon qildi. Bu hududda harbiy harakatlar faollaşişi kutilmoqda. AQŞ Davlat departamenti «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini «alohida taşvişga sabab böluvçi» taşkilot deb atadi — Afrikada diniy erkinlik töğrisidagi qonunlarni buzgani uçun. Rossiya va Belarus harbiy xavfsizlik şartnomasiga özgartirişlar kiritdi — ammo hozirça qanday özgarişlar haqida gap ketayotgani va bu nimani anglatişi noayon. G7 davlatlari va Avstraliya Yevroittifoqqa qöşilib, Rossiya neftining bir barreli uçun 60 dollar çegarasidagi narx belgilab qöydi. Bu vaqtda, Financial Times naşri yozişiça, Rossiya neft eksporti uçun eski tankerlardan «soyadagi flot» tuzişga kirişdi.

Quyida 3 dekabr, uruşning 283-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmut frontidagi ukrain harbiy xizmatçilari

Ukraina qurolli kuçlarining 24-mexanizatsiyalaşgan brigadasi tarkibidagi öziyurar artilleriya qurilmasi Baxmut yaqinida rossiyaliklar pozitsiyasini öqqa tutmoqda.
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
Öziyurar artilleriya qurilmasi ekipaji Baxmut atrofida rossiyaliklar pozitsiyasiga öt oçişdan avval nişon koordinatalari berilişini kutişmoqda. Bu hududda Rossiya tomondan asosan katta miqdorda artilleriya qurollariga ega bölgan «Vagner» guruhi jang qilmoqda. «Donbass respublikalari» sobiq armiyalarining oğir qurollari ularga berilgan.
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
Öziyurar artilleriya qurilmasi ekipaji a’zolari — 24-mexanizatsiyalaşgan brigadasi tarkibidagi 38 yoşli Roman va 35 yoşli Sergey gulxan atrofida ötirib, körsatma kutmoqda. Knyaz Danil Galitskiy nomidagi bu brigada