Eron hukumati axloq politsiyasini tugatiş töğrisida qaror çiqargan. Bu haqda turli arab naşrlari mamlakat boş prokuraturasiga tayanib xabar bergan.
«Eronning boş prokuraturasi axloq politsiyasini tugatiş haqida ma’lumot tarqatgan», — deya xabar bergan ingliz tilida yuritiladigan Arab News portali.
Eron boş prokurori Muhammad Ja’far Muntaziriyning sözlariga köra, «Axloq politsiyasi tugatilişiga sabab uning Islom respublikasi huquqni qöllaş tizimiga mutlaqo aloqasi yöqligidir».
Avvalroq Eron adliya organlari ayollarning hijob kiyib yurişi majburiyligiga doir qoidalarga özgartiriş kiritiş imkoniyatini örganib çiqayotgani haqida xabarlar paydo bölgan edi.
Mamlakatda sentabr oyida 22 yoşli kurd ayoli Mahsa Aminiyning ölimi tufayli norozilik namoyişlari davom etayotgandi. Öşanda «axloq politsiyasi» Mahsani hijobni notöğri öragani uçun Tehron metro bekatlaridan birida uşlab, politsiya uçastkasiga olib borib kaltaklagani tufayli vafot etgani aytiladi.
Eron hukumati rasmiy ma’lumotlariga köra, norozilik namoyişlari çoğida 200 dan oşiq kişi vafot etgan.













