Eron Içki işlar vazirligi Milliy xavfsizlik kengaşi «yaqinda yuz bergan tartibsizliklar» çoğida 200 dan ortiq odam halok bölganini ma’lum qildi. 

NRAHA inson huquqlari taşkiloti avvalroq 450 namoyişçi va 60 xavfsizlik xodimi halok bölgani haqida xabar bergan edi. 

«Tegişli organlar tomonidan olib borilgan tekşiruvlar tartibsizliklar oqibatida 200 dan ortiq odam halok bölganini körsatmoqda», deyiladi Eronning Mezon axborot agentligi xabarida. 

28 noyabr kuni Eron armiyasi generali Amir Ali Hojizoda 300 dan ortiq odam halok bölgani haqida xabar bergan edi. 

Sentyabr oyi örtalarida boşlangan norozilik namoyişlariga Eron Kurdistonida yaşagan 22 yoşli Mahsa Aminiy ölimi sabab bölgan edi. Axloq politsiyasi uni römolni notöğri öraganlikda ayblab, hibsga olgan. Eron xavfsizlik kuçlari da’vosiga köra, Aminiy tergov izolyatorida yurak xurujidan yiqilib, şifoxonaga olib borilgan va u yerda komaga tuşib qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga köra, Aminiy politsiya tomonidan kaltaklanişi oqibatida vafot etgan. 

Eronda norozilik namoyişlari hamon davom etmoqda. Xususan, 2 dekabr kuni mamlakat janubi-şarqida joylaşgan, 600 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Zohidon şahrida aholining norozilik namoyişi bölib ötgani haqida xabar berilgan edi.