«Hanuz özimni keçira olmayman» – qaynonasining majburlovi bilan bolasini abort qilgan ayolning nadomatlari (Hayotiy hikoya)
|20:50 / 04.12.202233 94910 min
«Kunlardan birida qaynonam ertalab biznikiga kelib kasalxonaga bolani oldirişga borişimizni aytdi. Unga bunday qilmasligimni bildirdim. Şunda qaynonam oldimda ikkita yöl borligini aytdi: «Yo men bilan borib bolani oldirasiz. Yoki ikki bolangiz bilan uydan çiqib ketasiz va öğlimni boşqa qizga uylantiraman». Qaynonam aytganini qiladigan ayol. Şu sababli çorasiz qoldim va öz bolamning qotiliga aylandim».
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Yaqinda elektron poçtamga bir ayoldan maktub keldi. Unda ayol turmuşga çiqqanidan söng duç kelgan oğir bir sinov haqida yozibdi. Ayolning maktubi meni öyga toldirdi.
Nazarimda bugun aksariyat ayollar turmuşning, rözğorning oğir yuki ostida yaşamoqda. Bu ham kamlik qilganday ularning ayrimlari qaynonalarning zuğumlariga ham çidab yaşaşga majbur bölyapti.
Gap qaynona-kelin munosabatlari, qaynonaning kelinga ötkazgan zuğumi haqida ketar ekan, bir savolga javob topolmayman. Nega ayrim ayollar yoş kelinlik paytida qaynonasidan zuğum körgan holda özi ham qaynona bölganida keliniga zuğum ötkazadi, zolim qaynonaga aylanadi?
Aksariyat hollarda qaynona va kelin örtasida mojaro sodir bölsa asosan kelin ayblanadi. «Katta heç qaçon yomon böl deb urişmaydi. Ikki oğiz tanbehga şunaqa qiladimi? Yoş oğirroq bölişi, kattalarga hurmat körsatişi kerak» degan gaplar gapiriladi. Ammo «katta»da ham «ikki qamçilik ayb» bölsa-çi?!
Qöyida berilayotgan maktubda ayol qaynonasining majburlovi bilan qilgan işi, hayotida oğir iz qoldirgan hodisa haqida hikoya qiladi.
«Oilada eng katta farzand edim. Maktabni bitirmasimdanoq sovçilar sörab kela boşladi. 11-sinfda ekanimda ota-onam qişloğimizdagi bir oiladan kelgan sovçilarga rozilik bildirdi va fotiha qilib qöyişdi.
Maktabni bitirganimdan söng töyimiz böldi. Beş-oltinçi sinfda öqib yurganimdayoq uy-rözğor işlarini qila boşlaganman. Turmuşga çiqqan paytimda onamning qöllaridan barça yumuşlarni olgandim. Şu sababli kelin bölib borgaç, bu tarafdan unça qiynalmadim. Ammo ...
Bir qişloqda yaşab ham qaysidir oilaning içiga kirib bormagunça kelin bölib tuşayotgan oilang haqida heç narsa bilmas ekansan. Yoki haqiqiy holat bilganlaringdan boşqaça bölib çiqar ekan.
Men kelin bölib tuşgan xonadon haqida qişloqda faqat yaxşi gap eşitganmiz. Ma’rakalarda qaynonam «men falon mullaning nabirasiman» deb ayollarga gap bermas, hamma uni taqvodor, Xudodan qörqadigan yaxşi ayol deb bilardi.
Maqtalgan oilaga kelin bölib tuşgaç bildimki, qaynonamning barça gaplari, qilayotgan nimadir yaxşi işlari odamlarning közi uçun qilinar, oilada tamoman uning aksi edi.
Uning bu xarakterini kelin bölgan kunimning ertasigayoq bildim. Qişloq joylarida rözğordan unça köp çiqindi çiqmaydi. Pöçoqlar molga beriladi, xazonlar kömiladi. Hovli supurganda töplanadigan ozgina tuproq tomorqaga taşlanadi.
Mavzuga oid
Gohida mollarga berib yoki kömib bölmaydigan çiqindilar ham çiqadi. Ota hovlimda unday çiqindilarni qopga solib yiğardik va çiqindi yiğadigan maşina kelganda berib yuborardik.
Töyning ertasi vaqtli turib hovlilarni supurdim. Töy tufayli hamma yoqda plastik va qoğoz idişlar, yana boşqa narsalar bor edi. Ularni qopga sola boşladim.
Birozdan keyin qaynonam turib keldi qoplarni körib, ularga nima solganimni söradi. Unga çiqindilarni solganimni, çiqindi yiğadigan maşina kelsa berib yuborişimizni aytdim.
Şu payt qaynonamning qoşi çimirildi. Söng bunday çiqindilarni uyimizdan sal naridan ötgan soyga olib borib taşlaşimni buyurdi. Öşa paytda unga heç narsa deya olmadim.
Keyinroq ança kunlar ötganidan söng çiqindilarni soyga taşlaşga könglim bölmay bitta qopga yiğaverdim. Qaynonam közdan panada turgan qopni körib qolibdi. «Sizga nima devdim?» deb yana qoşi çimirildi.
Unga çiqindilarni soyga taşlasam sel ularni boşqalarning uyi oldiga oqizib borişini, bu iş töğri bölmasligini aytdim. Çiqindilarni qopga yiğaveriş uçun ruxsat söradim.
Şunda u menga «Siz hali menga nima töğri-yu, nima notöğri ekanini örgatadigan böldingizmi?» deb ödağaylab berdi. Şundan söng bu mavzuda boşqa gap oçmadim.
Qaynonamning boşqa işlari ham şu yösinda edi. Uç-törtta xotinning örtasiga tuşib qolsa halol va haromdan dars berar, ammo örni kelganda özi gapirgan gaplariga amal qilmasdi. Bunday holat ikkiyuzlamaçilikni mutlaqo hazm qila olmaydigan menga oğir botardi.
Oilada töliq qaynonam hukmron edi. Beçora qaynotam qaynonamga oğiz oçolmasdi. Ammo bu holatni begonalarga bildirişmasdi. Mabodo kimdir mehmon bölib kelganda qaynonam özini eriga itoat etuvçi, oqila va soliha ayol qilib körsatar edi.
Mehmonlar ketgaç ularning oldida nimadir deb qöygan qaynotamga hatto bizning oldimizda ham yomon dakki berardi.
Men kelin bölib tuşganimdan söng biroz ötib qaynotam vafot etdi. Beçora barça dardini içiga yutib yurgan ekan, qaynonamning navbatdagi «tanbehi»dan söng mazasi qoçdi. Yurak xurujiga uçrab önglanmadi va vafot etdi. Şundan söng qaynonamning xarakteri yanada oğirlaşdi.
Qaynonamning qoş-qovoğiga qarab yaşar ekanman, menga faqat bir narsa taskin berardi. Ikki-uç yil sabr qilsam qaynimni uylantirişadi va bizni alohida qilib çiqarişadi.
Öşa kun keldi, qaynimni uylantirişdi. Keyin qişloq çetidagi yerimizdan bizga uy tiklaşdi. Amal-taqal qilib köçib çiqdik. Ammo qaynonamning zuğumlaridan baribir qutulmadim.
Qaynonam biznikiga har kun kelardi. Mayli, boş ustiga, kelaversin. Mehmon bölib ketadi. Ammo u mehmon bölib ketgani emas, menga zuğum qilgani kelardi. Bunga sabab esa...
Qaynim qişloqning öziga töq boylaridan birining qiziga uylangandi. Qaynonam ovsinimga ham menga qilgan zuğumlarini qilmoqçi bölganida u «yaxşigina» javob qaytardi. Şu-şu qaynonam ovsinimga oğiz oçolmay qoldi.
Biz alohida bölib çiqqanimizdan keyin ham ovsinimga oşiqça gapira olmaydigan qaynonam biznikiga kelib, menga zuğum ötkazişda davom etdi.
Men ança sabrliman. Qaynonamning zuğumlariga, alohida bölganimizdan keyin ham kelib rözğorimizga egalik qilişga urinişiga e’tiroz bildirmadim. Garçi uning işlaridan norozi bölsam-da buni sirtimga çiqarmay, xöp deb ketaverdim. Ota-onamga ham unça aytmasdim.
Öşa paytlarda erim usta amakisiga yordamçi sifatida işlardi. Buyurtma tuşmaganda mardikorlik qilib, rözğor tebratardi. Men tön tikardim. Hovlimizda uzumzor boğimiz bor, kuzda undan olinadigan hosil kamimizga yarardi.
Turmuş qurganimga beş yil bölganda ikki nafar – qiz va öğil farzandimiz bor edi. Şu orada men yana homilador böldim. Homilador bölganimni eşitgan kuniyoq qaynonam yetib keldi.
U mendan bolani oldirib taşlaşimni talab qildi. Tabiiyki, könmadim. Şundan söng qaynonam har kun ertalab kelib bolani oldirişim haqida gapiradigan böldi.
«Qarang, öğlim beçora sizlarni boqaman deb mardikorlik qilib yuribdi. Siz esa belingiz oğrimay non yeyapsiz. Ikkita bolangiz bor, yetadi şular. Agar hadeb tuğaversangiz bir umr kambağallikdan boşlaring çiqmay ötib ketasizlar. Şu uçun bolani oldirasiz. Oldirmaganingizga qöymayman», derdi u.
Uning gaplari jon-jonimdan ötib ketsa ham eşitmaganlikka olardim. Bu esa unga yoqmas va ovozini yanada balandroq kötarardi. Özimça yana bir-ikki kun gapiradi va bu mavzu yopiladi deb öylovdim. Ammo yopilmadi.
Ana şunday kunlardan birida qaynonam ertalab biznikiga kelib jönaşimni, kasalxonaga bolani oldirişga borişimizni aytdi. Unga men bunday qilmasligimni bildirdim.
Şunda u oldimda ikkita yöl borligini aytdi:
«Yo hozir men bilan borib bolani oldirasiz yoki ikkita bolangizni olib, hoziroq uydan çiqib ketasiz. Men öğlimni boşqa qizga uylantiraman»
Qaynonam hazillaşmayotgandi. Agar öşa paytda bolalarimni olib uydan çiqib ketsam u erimni uylantirişdan ham qaytmasdi. Taqdir sinovlari oldida çorasiz qoldim va közimda yoş bilan qaynonamning oldiga tuşib kasalxonaga jönadim.
Kasalxonada nima böldi, eslay olmayman. Xayolim özimda emasdi. Uyga kelgaç bir neça kun dunyo közimga qoronği bölib örnimdan turmay yotdim. Qaynonam kelganda başarasiga qaragim kelmasdi. Ota-onam ana şunda qaynonamning qilgan işidan xabar topişdi.
Onamning qaynonamga gapirmagan gapi qolmadi. Ammo u pinagini ham buzmasdi va menga avvalroq gapirgan gapini uşlab olgandi:
«Öğlim beçora bularni boqyapman deb oğir işlarda işlab, mardikorlik qilib yuribdi. Bularga hozirça ikkita bola yetadi. Şu yoğini eplab boqsin. Sal ulğaysa yana bola köraveradi».
Onam qaynonamga homila ham tirik jonligini, uni oldirib taşlaş qotillik ekanini va bu oğir gunoh bölişini tuşuntira olmadi.
Öşandan keyin biroz ötib qaynonam ikkinçi qaynimni uylantirdi va yangi kelinga zuğum ötkaziş bilan band bölib, biznikiga kamroq keladigan böldi. Mening ham könglim qolib ketgani uçun uni körişga ança-munçada bormaydigan böldim.
Kunlardan bir kun nima bölsa ham qaynonam, birrovga körib kelay deb yölga çiqdim. Qaynonamning hovlisiga yaqinlaşganimda uning baland ovozi eşitildi:
«Hoy kelin, tez böling. Mana bu çiqindilarni soyga olib borib taşlang. Sel kelsa özi oqib ketadi».
Uning bu gaplarini eşitib kelin bölib tuşgan paytlarimda menga ham şu iş buyurgani esimga tuşdi. «Bukrini gör tuzatarkan-da» deb öyladim.
Bir kelib men ham öğlimni uylantiraman. Öşanda Xudo xohlasa kelinimni kaftimda kötarib yuraman. U heç qaçon meni deb siqilmaydi va közyoş tökmaydi».